Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

QORAO`ZAKLIK AZAT ABDIJAMILOV TOMORQA DAROMADIDAN "COBALT" MINDI

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qorao`zak tumani "Qorao`zak" ovul fuqarolar yig`inida yashovchi Azat Abdijamilov tomorqasidan olingan qo`shimcha daromadi hisobidan "Cobalt" avtomashinasi sotib oldi. 

– Yig`inimiz hududida tomorqa erlaridan samarali foydalanayotgan oilalar ko`p, – deydi "Qorao`zak" OFY raisi Amanbay Temirxanov. – Tomorqalarda asosan piyoz, pomidor, kartoshka, sabzi va boshqa sabzavotlar ekiladi. Azat Abdijamilov tomorqadan unumli foydalanayotganlardan biridir. U o`zining er maydoniga ekiladigan ko`chatlarni issiqxonasida etishtiradi. Sabzavot ekinlaridan tashqari, mo``jazgina bog`i ham bor.

Darhaqiqat, Azat Abdijamilov tomorqasini ko`rgan kishi havas qiladi. Bog`dagi olma, o`rik, olcha, nok, limon kabi 40 dan ziyod daraxt va turli uzum navlaridan iborat tokzor ertangi mo`l daromaddan darak berib turibdi. Tomorqa chetida turgan 20 quti asalarilari bahor mavsumida mevali daraxtlarni changlantirishga xizmat qiladi.

– Tomorqa – qo`shimcha daromad manbai, degan gap asl haqiqat, – deydi A.Abdijamilov. – Issiqxonada ko`chat etishtirish bilan shug`ullanganimga 3 yildan oshdi. 1 sotix erga o`tgan yil sentyabr` oyida sarimsoqpiyoz ekkanman. Hozir gullamoqda. Bu yil issiqxona tuprog`ini almashtirdik. Daromadimiz hisobidan er haydaydigan mini-traktor va "Cobalt" avtomashinasi sotib oldik.


A.Abdijamilov dehqonchilik bilan birga parrandachilik va tuyachilikni ham yo`lga qo`ygan. Hozirda 100 bosh tovuq, 20 dan ziyod kurka va g`oz, 10 ta tuya parvarishlayotgan oilaning daromadi yildan yilga ortmoqda. 

 

 

 

Anvar Nasirlaev, O`zA

 


10.05.2018 14:18 da elon qilingan, 896 marta korib chiqildi