Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

“Ibroyim der, jonim qurbon…”

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (60 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (60 KB)

Ibrohim Yusupov tavalludining 89 yilligiga

 

Ibroyim og‘a ijodi qanday bo‘lsa, o‘zi ham o‘sha ma’naviy qiyofada hayot kechirgan shoir. Qay bir asarga qo‘l urmasin, uni fidoyi sidqidildan ishlardi va uzukka ko‘z qo‘yayotgan zargardek, har bir so‘zni o‘rniga tushmagunicha e’lon qilmasdi. Ibroyim og‘aning shoirlik mahorat maktabi o‘tgan asr qoraqalpoq adabiyotining gullab-yashnashiga asos soldi. U o‘zi ko‘ylagan bo‘zto‘rg‘ay kabi ba’diiy so‘zni, osmonning baland cho‘qqisiga olib chiqdi. Shuning uchun ham, uni xalq XX asr Berdaxi deb aytadi.
 
Ibroyim og‘aning ijodiga loyiq do‘stlari qo‘p edi: Rasul Hamzatov, Mixail Lukonin, Chingiz Aytmatov, Zulfiya opa, Qaysin Qo‘liyev, David Kugultinov, Mustay Karim, Sibxat Xakim, Suyunboy Eraliyev, Rimma Kazakova… tiza bersak, gapni buyuk ismlar bilan to‘ldirish mumkin. Men ularning ko‘pchiligi bilan shaxsiy, ijodiy va oilaviy munosabatlarining guvohiman.
 
O‘tgan asrning 50-yillari ozg‘in, oriq, lekin novcha yosh Ibroyimni ko‘rgan sinchkov rus shoiri Mixail Lukonin: “Sahroda bir xalq ko‘rdim, qovurg‘asining orasidan yuragi ko‘rinib turibdi. Ular – qoraqalpoqlar…”, degan ekan. Haqiqatan, Ibroyim og‘ada xalqiga tan barcha xusussiyatlar barq urib turardi. Shoirning ma’naviy dunyosida O‘zbekiston hamisha, yetakchi mavzulardan biri bo‘lgan. Ayniqsa, Toshkentda “Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting…” qo‘shig‘ini ko‘pchilik do‘stlarimiz yod biladi.
 
«Tovusdek tarangan o‘zbek qizlari…
Hind qo‘liga to‘shgan asrandi fildek,
Sekin orqasidan ergasha berdim…»
 
Bo‘lg‘usi yangamiz Biybizoda qoraqalpoqning atoqli oqsoqollaridan birining tanti qizi bo‘lib, Toshkent davlat universitetida o‘qirdi. Ibroyim og‘a esa - Nukusda. Muhabbat masofa bilmaydi deganlaridek, yosh shoir sevgilisi yo‘lida Toshkent ko‘chalarini to‘zg‘itti, to‘zdirdi… Natijasi ajoyib she’r, mustahkam oila paydo bo‘ldi…
 
Ibroyim og‘aning shoirona o‘xshatishlaridan yana oqsoqolimiz Jo‘lmirza Oymurzayevning ta’rifida berilgan. Jo‘lmirza og‘aning ham toshkentlik do‘stlari ko‘p bo‘lgan ekan, shaharga tushishi bilan ular talashib, oqsoqolni uylariga olib ketisharkan. Ibroyim og‘aning aytgani: “Jo‘lmirza og‘a Toshkentga kelsa, gulga tushgan olmadek, topa olmaysiz…”
 
“Kakova polet moyego stepnogo orla?” - deb so‘ragandi Rasul Hamzatov mendan bir ko‘rishganimizda Ibroyim og‘ani so‘roqlab. Rasul og‘a do‘stini «Dala qarchig‘oyi” deb atardi. Chingiz og‘aning shoirona qalbidan chiqqan iliq salomlarini og‘amga oqizmay-tomizmay talay yetkazganman. Ular bir-birlari bilan oilaviy do‘st edi. Qaysin Qo‘liyev bilan Mustay Karimning Ibroyim og‘a bilan suhbatlarida qanchadan qancha tonglar otgan.
 
1983 yil kuz. Yozuvchilarning “Peredelkino” ijod uyida ertalab, qirg‘iz xalq shoiri Suyunboy Eraliyev har kuni ertalab, xotini bilan birga yugurardi. Bir kuni yo‘lda meni qo‘rib, to‘xtadi. U ham Ibroyim og‘ani so‘radi va hazil aralash: “Oshы Ibrayыm xotiniga yetib yugura oladimi? deb qoldi. «Voy og‘ay, Ibroyim og‘a chopganida orqasidan yanga tugul, marafonchi qizlar ham yeta olmaydi” dedim, men ham hazillashib. Ularning qadrdonligi, bir-biriga hurmati cheksiz edi.
 
Olatog‘dan oq qalpog‘ing ko‘rinsa,
Qoratog‘dan qora qalpoq bilg‘ayman…
 
degandi Ibroyim og‘a qirg‘iz do‘stlariga.
 
Olisdagi asqar tog‘lar,
Bir-birini qo‘rmak bo‘lar,
Shuning uchun baland ular,
Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar…
 
Shoirning izdosh-safdoshlari Ulmambet Xo‘janazarov, To‘lepbergen Matmurodov, Kengesbay Rahmonov Ibroyim og‘aning muborak ishlarini davom ettirdi. Adabiyotimizning kenjatoy avlodi esa, Prezidentimiz ochib bergan Ibroyim Yusupov mahorat maktabida tahsil olmoqda…
 
 
Ibroyim og‘aning xalqiga sadoqati, Vatanga muhabbati, ezgulik karvoniga boshchiligi hammamiz uchun tengi-toyisiz darslik. Avlodlar darsligi, buyuk shoirning joni qurbon darsligi.
 
O‘rozboy Abduraxmonov
Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi.
 
 

11.05.2018 15:27 da elon qilingan, 939 marta korib chiqildi