Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

DAVLAT MADANIYAT MUASSASALARI VA DAVLAT ARXIVLARI XODIMLARINING MEHNAT HAQISI 45 FOIZGA OShIRILADI

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Bu haqda 2018 yil 14-may kuni Muhtaram Prezidentimizning “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag`batlantirishni kuchaytirish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Mazkur qarorga muvofiq  2018 yil 1 iyundan davlat madaniyat muassasalari artistlari, ma`muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining, shuningdek, davlat arxivlari boshqaruv xodimlari va mutaxassislarining mehnat haqi miqdorlarini o`rtacha 45 foizga oshirish belgilangan. 

Qarorda shuningdek, 2018 yil 1 iyundan O`zbekiston davlat tsirki, hayvonot bog`lari, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ko`zi ojizlar uchun kutubxonalari hamda davlat arxivlari xodimlarining alohida toifalariga teatr-kontsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun belgilangan miqdorlarda har oyda taqdirlash puli to`lanishini, ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi stavkasining 30 foizdan 5 foizgacha pasaytirilishi kabi imtiyozlar berish belgilangan.

Qarorning to`liq matni bilan  UzA va Vazirlar Kengashi rasmiy veb-saytida tanishingiz mumkin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati

 


15.05.2018 09:22 da elon qilingan, 1043 marta korib chiqildi