Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Yurtimizda “Yosh kitobxon” tanlovi yanada ommalashadi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

2018 yil 12 mayda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan  Buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o`rganish va targ`ib etish, yoshlarimizni o`zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o`rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida “Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o`rganish va targ`ib qilish maqsadida yoshlar o`rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorda O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markaziga o`n kun muddatda “Yosh kitobxon” tanlovini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash vazifasi topshirildi.

Ahamiyatlisi qaror bilan joriy yilgi tanlovlar Vatanimiz tarixi va xalqimizning ma`naviy hayotida beqiyos o`rin tutadigan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy, Berdaq singari buyuk mutafakkirlarimiz ijodi va faoliyati, jahon adabiyotining durdona asarlari, shuningdek, “Alpomish”, “Go`ro`g`li”, “Kuntug`mish” kabi xalq dostonlari bo`yicha o`tkazilishi va tanlov g`oliblarining avtomashina va boshqa qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlash belgilangan.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati

 


15.05.2018 09:55 da elon qilingan, 958 marta korib chiqildi