Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Qoraqalpog‘iston: Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilariga mehnat yarmasi tashkil etilmoqda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Nukus harbiy prokuraturasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar safidan muddatli harbiy xizmatni o'tab, rezervga bo'shatilgan va safarvarlik chaqiruvi rezervidavgi xizmatni o'tagan fuqoralarni ish bilan ta'minlash maqsadida joriy yil 18-26 may kunlari Nukus shahri va barcha tumanlarda mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.


Mazkur yarmarka O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o'tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo'yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to'g'risida”gi 339-son qarori ijrosini ta'minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

Ma'lumot tariqasida ta'kidlash joizki, bu borada 2018 yilning 13-28 mart kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri va barcha tumanlarda tashkillashtirilgan mehnat yarmarkalarida muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o'tab qaytgan 55 nafar fuqarolar mavsumiy va doimiy ish bilan ta'minlangan.

                             Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati

 


17.05.2018 18:38 da elon qilingan, 1027 marta korib chiqildi