Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


JO‘QORG‘I KENGAShDAGI QABUL

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida Koreya Respublikasi «Evergreen Motors Group»  kompaniyasi raisi Kim Chang Keon rahbarligidagi tadbirkor, ijtimoiy va ta'lim guruhi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qilish marosimi bo'ldi.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Erniyazov mehmonlarni respublikamizga tashrifi bilan tabriklab, ikki mamlakat o'rtasidagi turli sohadagi aloqalar, mamlakatimizda hamkorlik bo'yicha yaratilgan sharoitlar bilan imkoniyatlarga to'xtalib o'tdi.

Ta'qidlanganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning  o'tgan yili 22-24-noyabr kunlari davomida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi strategik sheriklik munosabatlarida yangi bosqich bo'ldi. Shu bilan birga, madaniyati va mentaliteti bir-biriga yaqin bo'lgan xalqlarimizni eski do'stlik aloqalari bog'lab turadi. O'tgan yili koreyts millatiga mansub bo'lgan yurtdoshlarimizning O'zbekistonda, jumladan, bizning respublikamizda yashayotganining 80 yilligi keng turda nishonlandi.
O'z navbatida «Evergreen Motors Group» kompaniyasi raisi Kim Chang Keon samimiy qabul qilgani uchun respublikamiz rahbariga minnatdorchilik bildirdi. Tashrif davomidagi rejalar, amalga oshiriladigan loyihalarga to'xtalib o'tdi.

-Tashrifimiz davomida tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum o'tkazish, Beruniy tumani hududida barpo etiladigan tsement zavodi qurilishi tamol toshini qo'yish, qator davolash o'rinlarida bo'lish, kelajakda hamkorlik bo'yicha memorandumga imzo chekish rejalashtirilgan,-deydi delegatsiya rahbari, «Evergreen Motors Group» kompaniyasi raisi Kim Chang Keon. –Bu hamkorligimizdagi dastlabki qadam bo'lib qoladi. Sababi, joriy yilning avgust oyida Koreya Respublikasidan 200 odamnan iborat delegatsiya, jumladan  60 ta sog'liqni saqlash xodimi, 40 ta tadbirkor va 100 ta turistning Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi kutilmoqda.
D.ABIBULLAEV,
Qoraqalpog'iston xabar agentligi muxbiri


17.05.2018 18:57 da elon qilingan, 479 marta korib chiqildi