Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Maktab-internatga 100 dan ortiq kitoblar sovg`a qilindi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

 

17-may kuni Nukus shahridagi I.Yusupov nomidagi ihtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatida Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil qilindi.

Unda  Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbarining birinchi o`rinbosari, professor M.Quronov, Markazning bo`lim mudiri, Markazning Qoraqalpog`iston bo`limi rahbari Q.Yusupov, maktab direktori P.Palыmov va o`quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni maktab direktori P.Palыmov ochib berdi va tadbir davomida M.Quronov, T.Mamatqabulov va Q.Yusupovlar nutq so`zladi.  

Ta`kidlanganidek, kitobning inson hayotida egallaydigan o`rni beqiyosdir. O`zbek va qoraqalpoq adabiyotida O`zbekiston Qaxramoni, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq shoiri I.Yusupov she`rlarining tarbiyaviy ahamiyati va mazmun-mohiyati ulkan ahamiyat kasb etadi.

O`quvchi yoshlarning qizg`in savol-javoblari bilan davom etgan ma`naviy-ma`rifiy kecha davomida Markazning Qoraqalpog`iston bo`limi rahbari Q.Yusupov shoirning she`rlaridan o`qib berdi va tadbir so`ngida ihtisoslashtirilgan maktab-internatiga Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan tayyorlangan 100 dan ortiq har xil mavzudagi badiiy va adabiy kitoblar sovg`a qilindi.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati

 

 


17.05.2018 20:35 da elon qilingan, 892 marta korib chiqildi