Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

«Jamiyatda el-yurt taqdiriga loqaydlik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e`tiborsizlik kabi holatlarni oldini olish va bartaraf etish»

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Bugun. 18-may kuni Xo`jayli tumanida «Jamiyatda el-yurt taqdiriga loqaydlik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e`tiborsizlik kabi holatlarni oldini olish va bartaraf etish» mavzusida 6 ta guruhga bo`lingan holda o`quv seminarlari tashkil etilmoqda

Seminarda tumandagi ijtimoiy soha vakillari ishtirok etishmoqda. Tadbir mavzusini Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbarining birinchi o`rinbosari, professor M.Quronov, Markazning bo`lim mudiri T.Mamatqabulov, Markazning Qoraqalpog`iston bo`limi rahbari Q.Yusupovlar olib bormoqda.

Ma`lumot o`rnida: Mazkur tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan mahalliy ijroiya hokimiyatining quyi bo`g`inlarida mamlakatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali va tizimli ijrosini ta`minlash va qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishda bevosita tuman hokimi o`rinbosarlarining kasbiy mahorati, mas`uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida joriy yilning 15-22-may kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasining Xo`jayli va To`rtko`l tumanlarida tuman hokimlarining o`rinbosarlari, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari tuman bo`limlari rahbarlari ishtirokida tegishli mavzular asosida o`quv-amaliy seminarlar o`tkazish topshirig`a doirasida amalga oshirilmoqda.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati


18.05.2018 10:57 da elon qilingan, 1304 marta korib chiqildi