Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

«Yosh innovatsiyachi»lar tanlovi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

«Yosh innovatsiyachi» tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichida akademik litsey va kollej o'quvchilarining 300 dan ziyod yangi innovatsion g'oya va ishlanmalari namoyish etildi.

– Muhimi shundaki, san’at, servis, turizm, qishloq xo'jaligi sohalarini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan eng yaxshi 18 innovatsion g'oya kelajakda katta loyihalarga zamin bo'lishi bilan birga, g'oyani ixtiro qilgan o'quvchiga bir yil davomida stipendiat bo'lish imkoniyatini beradi, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo'mitasi mas’ul xodimi Toir Salimov.

Tanlovning Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichida 44 yangi g'oya va innovatsion loyihalar ichidan uchtasi g'oliblikka munosib ko'rildi. Nukus kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji o'quvchisi Nikolay Chekmaryov, Nukus turizm va servis kasb-hunar kolleji o'quvchisi Dilfuza Karamatdinova, Nukus ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kolleji o'quvchisi Aziza Sabirbaeva tanlovning mamlakat bosqichiga yo'llanma oldi.

 

Anvar Nasirlaev, O'zA


24.05.2018 14:28 da elon qilingan, 1321 marta korib chiqildi