Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha «Yilning eng yaxshi mas’ul kotibi» taqdirlandi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kichik majlislar zalida 2017 yil yakuni bo'yicha «Yilning eng yaxshi mas’ul kotibi» tanlovining O'zbekiston Respublikasi bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha Xo'jayli tumani idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi Naranova Farangizni “Nishon” va “Fahriy yorliq” bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.


Majlisda Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi idoralararo komissiya a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasining mas’ul xodimi, voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasi raisining o'rinbosarlari, komissiya mas’ul kotiblari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Ta'kidlanganidek, ushbu tanlov voyaga etmaganlarning huquqiy himoyasini ta'minlashda ijobiy natijalarni qo'lga kiritayotgan, xizmat vazifalarini namunali bajarayotgan, ish samaradorligini yaxshilashga erishayotgan komissiya mas’ul kotiblarini rag'batlantirish maqsadida voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha xududiy idoralararo komissiya mas’ul kotiblari orasida har yili o'tkazilib kelinmoqda.


Majlisda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi idoralararo komissiyasi raisi Q.Sariev ishtirok etdi va nutq so'zladi. 


Ma'lumot o'rnida: Naranova Farangiz joriy yil boshida  2017 yil yakuni bo'yicha “Yilning eng yaxshi mas’ul kotibi” tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi g'olibasi bo'lgan. 
                                                                                                                                       Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati
 


Sana: 2018-05-24 19:21:30, Ko'rib chiqildi: 1309