“Miyras” Navoyida “Yoshlar sayili”ni namoyish etadi

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan joriy yil 30-31 may kunlari Navoiy viloyatinig Nurota tumanida “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalini o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Mazkur xalqaro folklor festivalida Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxtako'pir tumani madaniyat bo'limiga qarashli “Miyras” folklor etnografik xalq ansabli jamoasi  o'zining “Yoshlar sayili” kompozitsiyasi bilan ishtirok etadi.


Kompozitsiya asosan hazil-kulgu so'zlar, baxshi qiz-yigitlar aytishuvi, milliy raqs kabi qoraqalpoq xalqining o'ziga xos urf-odatlari bilan an’analarini aks ettiradi.


Ma'lumot tariqasida ta'kidlash joizki, Taxtako'pir tumani madaniyat bo'limiga qarashli  mazkur “Miyras” folklor etnografik ansabli jamoasi bir necha yillardan buyon O'zbekiston Respublikasi miqiyosida namunali faoliyat yuritib kelmoqda. Ahamiyatlisi, 2017 yil yakuni buyicha “Miyras” folklor etnografik ansabli jamoasiga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tomonidan “Xalq ansambli” maqomi berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati
 


Sana: 2018-05-28 17:59:17, Ko'rib chiqildi: 1499