Turkiya delegatsiyasining Qoraqalpog‘istonga tashrifi

28 may kuni Turkiya delegatsiyasi ishbilarmon doirasi a'zolari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyirdi. 
Mazkur tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad Qoraqalpog'iston Respublikasida qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun investitsiya kiritish va ushbu maqsadda hududdagi tabiiy va mineral boyliklarni o'rganishdir.


O'z navbatida mehmonlarga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi majlislar zalida mazkur yo'nalish yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasining investitsiya potentsiali xususidagi to'liq ma'lumotlar taqdim etildi.
Ma'lumot o'rnida: Mazkur tadbirlar Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'onning 2018 yil 29 aprel – 1 may kunlari O'zbekiston Respublikasiga  davlat tashrifi doirasida kelishilgan bitimlar yuzasidan amalga oshirilmoqda. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati

 


Sana: 2018-05-29 10:40:36, Ko'rib chiqildi: 921