Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

“Miyras” folklor etnografik xalq ansabli jamoasi “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalida ishtirok etmoqda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Avval xabar qilinganidek, Taxtako'pir tumani madaniyat bo'limiga qarashli “Miyras” folklor etnografik xalq ansabli jamoasi  o'zining “Yoshlar sayili” kompozitsiyasi bilan Navoiy viloyatinig Nurota tumanida o'tayotgan “Nurli navolar” xalqaro folklor festivalida ishtirok etmoqda. Bu haqda tuman madaniyat bo'limi rahbari Serikbay Pirjanov Navoiy viloyati Nurota tumanidan xabar bermoqda.


Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlar jamoalari ishtirok etayotgan mazkur festivalda Avg'oniston, Tojikiston, Qozag'iston kabi respubliklardan ham jamoalar ishtirok etmoqda.


30-may kuni qatnashchilar festival doirasida Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo'yib, Nurota tumanidagi “Chashma” kompleksini ziyorat qilishdi hamda kitobxonlik tadbirlarida ishtirok etishdi.


Nihoyat Nurota shahridagi “Nurota” mehmonxonasi va “Milliy bog'” xiyobonida “Nurli navolar” xalqaro folklor festivali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov va O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o'rinbosari O.Nazarbekovlar nutq so'zlab, barcha ishtirokchilarga omod va muvaffaqiyatlar tiladi. 


Festival g'olib va sovrindorlari bugun e’lon qilinadi. Bu haqda kun davomida xabar berib boramiz.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati
 


31.05.2018 09:11 da elon qilingan, 927 marta korib chiqildi