Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Amudaryo tumanida kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Joriy yilda tumandagi mavjud kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 2 ming 463 nafar o‘g‘il-qiz uch tomonlama imzolangan shartnomalar asosida ishga qabul qilinmoqda. Tuman hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, bandlikka ko‘maklashuvchi markaz, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu mehnat yarmarkasiga 22 korxona, tashkilot hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan 131 bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qurilish, sanoat, tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi bo‘sh ish joylariga yoshlar katta qiziqish bildirdi. Yarmarka davomida 97 nafar yigit-qiz o‘zlarini qiziqtirgan korxona va tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi. – Qipchoq agrobiznes kasb-hunar kollejini tugatgandim, – deydi Nazira Jabborbergenova. – Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z kelajagimizga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlamoqda. Bugungi mehnat yarmarkasida ko‘plab tengdoshlarim ishli bo‘ldi. Men ipak tola ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Aziya silk” qo‘shma korxonasiga ishga joylashishga qaror qildim. O‘zA, A.Ortiqboyev

22.06.2011 12:16 da elon qilingan, 2494 marta korib chiqildi