Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Loyiha samarali amalga oshirilmoqda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Orolbo‘yida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “Hududlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi granti asosida bir qator ishlar qilindi. Chimboy tumanidagi “Elonora-Araylim” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida ishga tushirilgan yangi tikuv sexiga Xitoyning “Gemsy” va Yaponiyaning “Janome” firmalarida ishlab chiqarilgan kompyuterlashtirilgan zamonaviy tikuv mashinalari o‘rnatildi. Ayni paytda bu yerda 15 nafar xotin-qiz buyurtma asosida mahsulot tayyorlamoqda. – Maqsadimiz qishloq aholisi turmush farovonligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ish bilan ta’minlashdan iborat, – deydi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi “Hududlarni kompleks rivojlantirish” loyihasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha rahbari Bahodir Polvonniyozov. – 2008 yildan buyon mazkur loyiha asosida Chimboy, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va Beruniy tumanlarida salmoqli ishlar olib borilayotir. Xususan, 2009-2010 yillarda ushbu hududlarda 50 dan ziyod ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlar, jumladan, qishloq aholisini ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, kasalxona, qishloq vrachlik punktlari va yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Chimboy tumani hududida uchta, Taxtako‘pir va Mo‘ynoq tumanlarida bittadan maktab qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, loyiha doirasida qishloq joylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan 13 korxona, 7 tikuv sexi tashkil etildi. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlayotgan 60 dan ziyod kishiga tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. Ular ayni paytda chorvachilik, parrandachilik, qandolatchilik, xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat olib bormoqda. O‘zA, A.Ortiqboyev

04.07.2011 10:31 da elon qilingan, 1969 marta korib chiqildi