Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Shahar infratuzilmasini takomillashtirish doimiy e’tiborda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (53 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (53 KB)

Poytaxtimizda 5 iyul kuni O‘zbekistonda shaharlar infratuzilmasini boshqarish tizimini takomillashtirish mavzuidagi xalqaro seminar o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi (ITM), BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, yetakchi ekspert va mutaxassislar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori Bahodur Eshonov, BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining atrof-muhit va rivojlanish bo‘limining shaharlarni barqaror rivojlantirish seksiyasi rahbari Adnan Aliani O‘zbekistonda shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar o‘z samaralarini berayotganini, shaharlarning industrial rivojlanish salohiyati yuksalib borayotganini alohida ta’kidladilar. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida shaharlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgardi. Ular tarixiy va zamonaviy me’moriy an’analar uyg‘unligida tobora go‘zallashib bormoqda, noyob loyihalar asosida ma’muriy binolar, turar joylar, keng ko‘chalar, obod bozorlar bunyod etilmoqda. Industrial-innovatsion rivojlanishni hamda urbanizatsiya jarayonlarini rag‘batlantirish mazkur sohada kelgusida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Biznes va ilm-fan imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish asosida shaharlarda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga erishish mumkin. Bu mamlakatni iqtisodiy va siyosiy modernizatsiya qilishda muhim omil bo‘ladi. – Shaharlar infratuzilmasini boshqarish va rivojlantirishga bag‘ishlangan mazkur seminar mavzuining dolzarbligi bilan ahamiyatlidir, – deydi Shahar iqtisodiyoti instituti bosh direktori Aleksandr Puzanov (Rossiya). – Tadbirda biz shahar boshqaruvining asosiy yo‘nalishlari – munitsipal mablag‘lar, yer resurslarini boshqarish, shahar infratuzilmasini modernizatsiyalash, aholini ichimlik suv bilan ta’minlash, transport xizmatini tashkil etish kabi masalalarga oid takliflar bilan ishtirok etmoqdamiz. Anjuman qatnashchilari unda ishlab chiqiladigan tavsiyalar kelgusida shaharlar boshqaruvi tizimini va infratuzilmasini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar. Xalqaro seminarda mamlakatimizda shahar boshqaruvi tizimini takomillashtirish, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda shahar budjetlari rolini mustahkamlash, shahar miqyosida statistika ma’lumotlarini yig‘ish tizimini takomillashtirish, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining shaharlar infratuzilmasini yaxshilashdagi o‘rni va ahamiyati, uy-joy xizmatlari bozorini shakllantirishga oid masalalar muhokama qilindi. O‘zA, Nodira Manzurova

05.07.2011 12:04 da elon qilingan, 2258 marta korib chiqildi