Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Yetti xazinaning biri

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

“O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan aholiga parhez go‘sht va tuxum yetkazib berish maqsadida parrandachilik fermasi tashkil etildi. Natijada 14 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi. El dasturxoniga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish niyatida joriy yil boshida “Pochta – chorva va parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Chimboy tumani Qosim Avezov nomidagi ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan chorvachilik majmuasi ijaraga olinib, bu yerda qoramol va parranda boqish yo‘lga qo‘yildi. Ishchilar ushbu soha bo‘yicha Samarqand viloyatida malaka oshirib keldi. – Samarqanddan 4 mingta zotdor tovuq olib kelgan edik, – deydi parrandachilik bo‘yicha mutaxassis Bektursun Erlanov. – Uning 2 mingtasini semirtirib, parhez go‘sht sifatida yurtdoshlarimiz dasturxoniga tortiq qildik. Qolganlari har kuni ming donaga yaqin tuxum bera boshladi. Kelgusida 3 ming dona o‘rdak boqmoqchimiz, buning uchun fermamizda barcha sharoit mavjud. Bozor rastalarining to‘kinligi va oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l-ko‘l bo‘lishi uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. El dasturxoniga chorvachilik mahsulotlari yetkazib berish maqsadida mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan Ellikqal’a, Nukus va Chimboy tumanlaridagi fermerlardan 34 bosh zotdor qoramol sotib olinib, boqilmoqda. – Qoramollarni ozuqa bilan ta’minlash uchun 20 gektar maydonga makkajo‘xori ekdik, – deydi “Pochta – chorva va parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Obod Primbetov. – “Qoraqalpoq don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatidan omuxta yem sotib olinmoqda. Qoramollar bosh sonini, ulardan olinadigan mahsulotni ko‘paytirishga harakat qilayotirmiz. Baliqchilikni rivojlantirish uchun Amudaryo tumanida joylashgan ko‘l ijaraga olindi. Ayni paytda bu yerda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi “Xorazm baliq” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan keltirilgan baliqlar parvarishlanmoqda. O‘zA, A.Ortiqboyev

08.07.2011 13:26 da elon qilingan, 2578 marta korib chiqildi