Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Vaqt, qog‘oz hamda mablag‘ tejalmoqda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

Prezidentimiz Islom Karimovning 2005 yil 8 iyulda qabul qilingan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori barcha sohalarga axborot almashuvining elektron shakllarini joriy etishda muhim omil bo‘lmoqda. Bunday zamonaviy tizim vaqt, qog‘oz va mablag‘ tejash imkonini berayotir. Axborot almashishning elektron shakliga o‘tgan Jizzax shahridagi boshqaruv idoralari, korxona, tashkilot va muassasalar ham o‘z ish faoliyatida yuqori samaradorlikka erishmoqda. Mamlakatimizda axbort-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, elektron raqamli imzo, elektron hujjat aylanishi, elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi qonunlar sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Endilikda ish yuritishning bu tezkor va iqtisodiy tejamli usuli viloyat markazidan eng chekka hududlardagi idora va muassasalargacha jadal kirib bormoqda. Bugungi kunda viloyatdagi barcha boshqaruv idoralari lokal va korporativ tarmoqlar orqali ish yuritayotir. Viloyat, shahar va tuman hokimliklari o‘rtasida “UzNet” tarmog‘i orqali o‘zaro aloqa yo‘lga qo‘yilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish natijasida xo‘jalik boshqaruvi idoralarida, shahar va tuman hokimliklarida qog‘ozbozlik va rasmiyatchilik, telefonbozlik, ortiqcha hujjatlar aylanishi kamaymoqda. Bu esa qog‘oz, telefon so‘zlashuvlari xarajatlarini sezilarli darajada iqtisod qilish imkonini bermoqda. Viloyat soliq boshqarmasida ham zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, mijozlarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda sohada shakllantirilgan axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini o‘z ichiga olgan axborot tizimlari tufayli soliq to‘lovchilarga o‘ndan ortiq interaktiv, ya’ni qog‘ozsiz, masofali xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Tadbirkorlik subyektlarining hisobotlarini soliq idoralariga elektron ko‘rinishda yuborish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “BЕM – buxgalterga elektron madad” dasturiy mahsuloti amaliyotda keng qo‘llanmoqda. – O‘tgan yili Jizzax shahrida 700 ga yaqin xo‘jalik yurituvchi subyekt axborot almashishning interaktiv usuliga o‘tgan edi, – deydi shahar davlat soliq inspeksiyasining axborot tizimlari sho‘basi boshlig‘i Komil Shayzoqov. – Ayni paytda bu tizimga o‘tganlar soni 1300 dan oshib ketdi. Ulardan ming nafarga yaqini hisobotlarni elektron shaklda topshirmoqda, soliq idoralaridan jo‘natilgan hujjatlar ham elektron shaklda qabul qilib olinmoqda. Shuningdek, axborot almashishning elektron usulidan foydalanayotgan viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasida qog‘oz sarfi 2010 yilning birinchi yarmiga qaraganda 260 kilogramm, sog‘liqni saqlash boshqarmasida 237 kilogramm, xalq ta’limi, statistika boshqarmalarida 140-150 kilogrammga kamaygan. Ayni paytda viloyatdagi mavjud ikkita oliy o‘quv yurti, 55 kasb-hunar kolleji, 4 akademik litsey va 381 maktab “ZiyoNET” tarmog‘iga ulangan. Yakunlangan o‘quv yilida 790 nafar yosh mutaxassis viloyatdagi 8 kollejda axborot va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni bitirdi. Bu zamonaviy kasb egalariga korxona va tashkilotlarda talab yuqori. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari pochta kabi aholi uchun eng zarur bo‘lgan xizmat sohalariga ham jadal kirib borayotir. Viloyat bo‘yicha 43 joyda axborot texnologiyasidan foydalangan holda pochta elektron pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Viloyat hokimligi tomonidan joriy yil oxirigacha hududdagi korxona, tashkilot va muassasalarda elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, kelgusi yildan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar ushbu tizimda ishlashga o‘tishi mo‘ljallangan. Bu jarayon har bir soha xodimining kompyuterda ishlash, axborot-kommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishini talab qiladi. Shu maqsadda qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida, kasb-hunar kollejlari qoshida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv xizmatlar tobora hayotiy zaruratga aylanib bormoqda. Har bir maktabda, kollej va litseylarda, yo‘nalishidan qat’i nazar, kompyuter sinfxonalari mavjudligi, yoshlar maktab davridanoq internet tarmog‘ida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘layotgani axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zA, Toshqul Beknazarov

22.07.2011 12:10 da elon qilingan, 1953 marta korib chiqildi