Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Yosh tadbirkorlar uchun seminar

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi huzuridagi “Yosh tadbirkor” maslahat markazi tashabbusi bilan “Mening biznes g‘oyam” tanlovining faol ishtirokchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari, tijorat banklari mutaxassislari yoshlarga yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, tijorat banklari tomonidan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslari, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik, shuningdek, boshlang‘ich sarmoyalarni shakllantirish haqida keng tushunchalar berdilar. – “Mening biznes g‘oyam” tanlovi asosan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi huzuridagi “Yosh tadbirkor” maslahat markazi direktori Qutliboy Beknazarov. – Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida tadbirkor bo‘lish orzusidagi 514 nafar yigit-qiz ishtirok etdi. Orolbo‘yi bosqichida qatnashgan 115 nafar tanlov ishtirokchisi orasidan o‘ttiz nafar o‘quvchining biznes g‘oyalari tanlab olinib, ulardan o‘ntasi mamlakat bosqichiga tavsiya etildi. Yoshlarning biznes g‘oyalari, asosan, tikuvchilik, hunarmandchilik hamda servis sohasini yo‘lga qo‘yish, parrandachilik va chorvachilikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilgan. Amudaryo irrigatsiya va melioratsiya kasb-hunar kolleji uchinchi bosqich o‘quvchisi Munira Bekimbetova ham o‘zining tikuvchilik sexini tashkil etish bo‘yicha tuzgan biznes loyihasi bilan “Mening biznes g‘oyam” tanlovining mamlakat bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. – Biznes g‘oyamni ro‘yobga chiqarish maqsadida “Mikrokreditbank”dan imtiyozli kredit olish uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirdim, – deydi Munira. – Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar uchun kredit mablag‘ining foizi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan to‘lanadi. Biz, yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelajakda zamonaviy liboslar tayyorlash borasida faoliyat olib bormoqchiman. Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. O‘zA, A.Ortiqboyev

04.08.2011 12:04 da elon qilingan, 2326 marta korib chiqildi