Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Yo‘llar ravon – yurt obod

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishi bo‘lgan yo‘l qurilishi ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Barcha hududlarda keng va ravon yo‘llar, ulkan ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar barpo etilayotir. Qishlog‘u ovullarning tuproq ko‘chalari kaftdek tekis asfalt yo‘llarga aylanmoqda. Xorazm vohasida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “O‘zbek milliy avtomagistralini qayta qurish va rivojlantirish” loyihasi doirasida “G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beynov” avtomobil yo‘li qurilishi davom ettirilayotir. Mazkur yo‘lning 490–581-kilometrlari Xorazm viloyati hududidan o‘tadi. – Xalqaro ahamiyatga ega ushbu yo‘l qurilishi ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda, – deydi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Xorazm viloyati bo‘limi mudiri Alijon Ismoilov. – Bu boradagi ishlar yurtimiz yo‘lsozlari hamda Janubiy Koreyaning “POSCO Engineering Construktion Co.Itd” hamda Germaniyaning “GP Papenburg Baugeseiishaftmbh” kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlarini bekamu ko‘st va vaqtida bajarishda yo‘lsozlarga viloyat avtomobil yo‘llaridan foydalanish boshqarmasi, Tuproqqal’a yo‘l xo‘jaligi bo‘limi, Yangibozor tumanidagi “Orol” fermer xo‘jaligi avtokorxonasi jamoalari yaqindan yordam bermoqda. Ular yordamida shag‘al, qum va boshqa yo‘l qurilishi ashyolari yetkazib berilayotir. Xalqaro talab va me’yorlarga to‘la javob beradigan ushbu yo‘l foydalanishga topshirilgach, mamlakatimizning boshqa hududlari hamda xorijiy davlatlarga chiqish uchun mustahkam zamin yaratiladi. Mazkur yo‘l aholi farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Avtotransport vositalarida yo‘lovchi va yuk tashish hajmi sezilarli darajada oshadi. Ayni kunlarda yo‘lsozlar mazkur yo‘lning Xorazm viloyatidan o‘tgan qismini eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida foydalanishga topshirish maqsadida astoydil mehnat qilmoqdalar. O‘zA, SH.Xudoyberganov

04.08.2011 12:13 da elon qilingan, 2259 marta korib chiqildi