Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Suvning har tomchisi zar

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Hayotimizni suvsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining gurkirab rivojlanishi, bog‘u rog‘larimizning gullab-yashnashi, yangi xiyobon va gulzorlarning tarovati ham bevosita obihayot bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham undan tejamli foydalanish talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 16 iyun kuni qabul qilingan “Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va 2011 yil iyun-sentabr oylarida sug‘orma suvni tejashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda bu borada zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotir. Joylarda zamonaviy suv inshootlarini barpo qilish orqali suvni tejash, suv sarfining aniq hisobini olib borish dolzarb vazifalardan etib belgilangan. Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida ham bu yo‘nalishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi irrigatsiya tizimi xodimlari asosiy suv iste’molchilari – dehqon va fermerlar bilan hamkorlikda, bamaslahat ish yuritmoqda. – Suv resurslarini oqilona boshqarish, suvni tejovchi ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, iste’molchilarni o‘z vaqtida suv bilan ta’minlash asosiy vazifalarimizdandir, – deydi Bog‘ot tumanidagi “Toshsoqa” irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi boshlig‘i Otaxon O‘rozov. – Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bu boradagi ishlar hamda irrigatsiya tizimi tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Suvdan tejab-tergab foydalanish ko‘p jihatdan kanal va ariqlarning tozaligi hamda bug‘lanishning oldini olishga bog‘liq. Buni hisobga olgan holda ish yuritilayotgan Bog‘ot tumanida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Qal’ajiq”, “Nayman” va “Qizilravot” kanallarining loyqa, has-cho‘plar to‘plangan qariyb 30 kilometrlik qismi tozalandi. O‘nlab kilometr ariqlar tartibga keltirildi. Fermer xo‘jaliklari tasarrufida bo‘lgan 1100 kilometrdan ortiq ichki sug‘orish tarmoqlarining suv o‘tkazish holati yaxshilandi. Tegishli idora va tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilayotgan bu boradagi ishlar yaxshi samara bermoqda. 2009 yili tumanda paxta hosildorligi 29 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 31,6 sentnerga yetdi. G‘alla hosildorligi ham oldingi yillarga nisbatan 6-7 sentnerga oshdi. O‘zA, SH.Xudoyberganov

08.08.2011 10:17 da elon qilingan, 2200 marta korib chiqildi