Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Hujjat imzolandi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Toshkentda 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Koreya Respublikasi fond birjasi (KFB) o‘rtasida O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi bosh shartnoma imzolandi. Hujjatni imzolash marosimida ikki mamlakatning qimmatbaho qog‘ozlar fondi birjasi, bank-moliya tizimi, tegishli vazirlik va idoralari, kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari barcha sohalarda, jumladan, iqtisodiyot sohasida ham izchil mustahkamlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Umumiy qiymati qariyib 6 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu bosh shartnoma ikki davlat fond birjalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, O‘zbekistonda on-layn usulidagi yangi fond birja infratuzilmasini yaratish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb etish, on-layn usulidagi IPO (aksiyalarning birlamchi ommaviy joylashtirilishi) yordamida ishbilarmonlar uchun yangi hamkorlar topishni yanada yengillashtirishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyot rivojida qimmatli qog‘ozlar bozorining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Koreya fond birjasi o‘rtasida 2010 yilning dekabr oyida imzolangan Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilayotir. Hujjatga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida mazkur tizimda mutaxassislar malakasini oshirish va o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi. KFB qimmatli qog‘ozlar bilan muomala qilish ko‘lami bo‘yicha jahondagi eng peshqadam tashkilotlardan, savdo aylanmasi bo‘yicha eng yirik o‘n fond birjasidan biri hisoblanadi. – Imzolangan ushbu bosh shartnomaga ko‘ra, korporatsiyamizning O‘zbekiston fond birjasiga yuqori texnologiyalar yetkazib berishi rejalashtirilgan, – dedi “Korea Exchange” korporatsiyasi raisi Bong Su Kim. – Bu esa yurtingizning jadal rivojlanib borayotgan fond bozorida yanada faol ish olib borishi uchun ulkan imkoniyatlar ochishga xizmat qiladi. Istiqbolda O‘zbekiston bilan yana ko‘plab qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish istagidamiz. Hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi Aziz Abduhakimov va Koreya Respublikasining “Korea Exchange” korporatsiyasi raisi Bong Su Kim imzoladi. O‘zA, Madina Umarova

23.08.2011 23:24 da elon qilingan, 1980 marta korib chiqildi