Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Yosh tadbirkorlar ko‘rigi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida o‘tkazilayotgan “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor”, “Yosh tadbirkor – kelajakka poydevor” tanlovlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, “Mikrokreditbank” va “Agrobank” filiallari homiyligida tashkil etilgan mazkur tadbirda ushbu tanlovlarning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 31 nafar yigit-qiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid biznes g‘oyalarini namoyish etdi. “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovida taxiatoshlik Sharapbek Reyimovning sartaroshlik, taxtako‘pirlik Zuhra Sultonovaning ayollar liboslari dizayniga oid biznes rejalari eng yaxshi deb topildi. “Yosh tadbirkor – kelajakka poydevor” tanlovida esa Kegeyli tumanidan Bahodir Adilchayevning issiqxona xo‘jaligini tashkil etish, Qo‘ng‘irot tumanidan Azizbek Medetovning qurilish materiallari ishlab chiqarish, Tozaboy Izmuxanovning chorvachilikni rivojlantirish va O‘ktam Jumaboyevning un tegirmoni qurish bo‘yicha ishlab chiqqan biznes loyihalari yuqori baholandi. G‘olib va sovrindorlarga homiylarning esdalik sovg‘alari, mazkur tanlovlarning mamlakat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar topshirildi. O‘zA, A.Ortiqboyev

26.07.2012 10:16 da elon qilingan, 2237 marta korib chiqildi