Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Dolzarb masalalar muhokamasi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Nukusda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida joriy yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2012-yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari muhokama etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev boshqargan yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida Orolbo‘yida iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlangani ta’kidlandi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yalpi hududiy mahsulot 9,8, sanoat mahsulotlari 2,4, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 9,9, qurilish ishlari 7,6, savdo va umumiy ovqatlanish hajmi 11,2 foizga o‘sdi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida barcha manbalar hisobidan 105 milliard 936 million so‘m mablag‘ sarflandi. Ushbu dastur doirasida yosh oilalarga 2012-2013 yillarda 48 xonali yuzta turar-joy qurish va ularga imtiyozli kreditlar ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishlar izchil amalga oshirilmoqda. O‘tgan olti oyda Bandlik dasturi bo‘yicha 25 ming 398 ish o‘rni yaratilib, bu borada belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 102,7 foizga bajarildi. Shu jumladan, uy mehnatining barcha turlarini rivojlantirish bo‘yicha 4 ming 952 ish o‘rni tashkil etildi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida hisobot davrida 439 shoxobcha ishga tushirilib, bu boradagi reja 168 foizga uddalandi. Yig‘ilishda qishloq va ovullarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini, uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, aholi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama qilindi. Mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglanib, ayrim sohalarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Zokirov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Erniyazov qatnashdi O‘zA, A.Ortiqboyev

27.07.2012 19:14 da elon qilingan, 2033 marta korib chiqildi