Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

“Qoraqalpoq qishloq xo‘jalik suv tarmoqlari” tresti quruvchilari tomonidan Beruniy tumanidagi “Navoiy” va “Shobboz” ovullarida har birining quvvati 500 kubometr sig‘imga ega ikkita zamonaviy suv taqsimlagich qurilib, foydalanishga topshirildi. Natijada bu yerda istiqomat qilayotgan 2 mingga yaqin aholining toza ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. – Qishloqlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash ishlari qat’iy reja asosida olib borilmoqda, – deydi trest boshqaruvchisi Jalg‘as Uzoqov. – Xususan, joriy yilning birinchi yarmida to‘qqiz yarim kilometr uzunlikda suv uzatish quvuri yotqizilib, 360 million so‘mlikka yaqin bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Buning samarasida Nukus shahri, Amudaryo, Beruniy va To‘rtko‘l tumanlarida istiqomat qilayotgan aholining ichimlik suvi ta’minoti yanada yaxshilandi. Bugungi kunda Orolbo‘yining 502 ovulida yashayotgan yarim millionga yaqin aholi markazlashgan ichimlik suvidan foydalanmoqda. Namunaviy loyihalar asosida bunyod etilayotgan yangi uylarni ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida trest quruvchilari tomonidan 1 milliard 200 million so‘mlikka yaqin ish bajarildi. Jumladan, 35,5 kilometr masofaga quvur tortilib, 5 ming 600 nafardan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Ayni kunda trest jamoasi 3 ming 135 kilometr suv tarmoqlari orqali aholiga sifatli ichimlik suvi yetkazib bermoqda. Turar joylarni ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida joriy yil o‘n ikkita ovulda umumiy qiymati 3,8 milliard so‘mlik 15,1 kilometr suv tarmoqlarini qayta tiklash, o‘n beshta suv qudug‘i qazish, qirqdan ortiq suv nasoslari o‘rnatish rejalashtirilgan. O‘zA, A. Ortiqboyev

02.08.2012 15:20 da elon qilingan, 2309 marta korib chiqildi