Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmonlari muloqoti

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida 10 sentabr kuni O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan mazkur anjumanda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari barcha sohalar qatori iqtisodiy yo‘nalishda ham izchil rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. Ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy sohada eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi amal qilayotir. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2011-yilda 2 milliard 596 million AQSh dollarini tashkil qildi. O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 382 qo‘shma korxona, ushbu mamlakatning 65 firma va kompaniyasining vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Forumda Xitoy Xalq Respublikasining Shaanxi viloyati Xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi delegatsiyasi a’zolariga mamlakatimizda davom etayotgan keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayoni, iqtisodiy islohotlar samaralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va “Angren” maxsus industrial zonasida yuqori texnologik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doir masalalar muhokama qilindi. – Boy tabiiy resurslarga ega O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi, energetika, yuqori texnologiyalar hamda sayyohlik yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish niyatidamiz, – dedi Shaanxi ijtimoiy fanlar uyushmasi vitse-prezidenti Xu Yu. – Misol uchun mamlakatlarimiz sayyohlik borasida hamkorlik qilish uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada taraqqiy ettirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish va hamkorlikda ko‘plab qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni mo‘ljallayapmiz. Tadbirda o‘zbekistonlik ishbilarmonlar Xitoyning Shaanxi viloyati iqtisodiyoti, mazkur hududda ish olib borayotgan firma va kompaniyalar faoliyati, sayyohlikni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlari bilan tanishdilar. Anjumanda ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyot, sarmoya, savdo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, energetika, ko‘mir va kimyo sanoati, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi, sayyohlik kabi sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga, Xitoy kompaniyalarini mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etish, qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. O‘zA, Madina Umarova

11.09.2012 09:08 da elon qilingan, 3702 marta korib chiqildi