Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Nukus bozorining yangicha qiyofasi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

El dasturxonining to‘kin-sochinligi va yurt farovonligi bozorlardagi serobchilik bilan belgilanadi. Bugun yurtimizning turli hududlarida barpo etilayotgan zamonaviy bozorlar yangicha qiyofa kasb etib, yildan-yilga chiroy ochib bormoqda. Pishiq qurilish ashyolaridan bunyod bo‘layotgan savdo rastalari, pavilonlar sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratmoqda. Nukus dehqon bozori 12,8 gektar maydonni egallaydi. Istiqlolning 21-yillik bayrami arafasida bozor hududida olib borilgan rekonstruksiya ishlari natijasida 440 o‘rinli yopiq savdo paviloni foydalanishga topshirilgan edi. Hozirgi kunda bir ming 133 savdo o‘rniga ega bo‘lgan bu bozorning imkoniyatlari yanada kengaymoqda. Bu yerda rekonstruksiya ishlarining ikkinchi qismi qizg‘in sur’atda davom ettirilayotir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qiladigan qulay savdo rastalari bunyod etilmoqda. Asosiy qurilish va rekonstruksiya ishlarini “Amumaxsusqurilishservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan birgalikda 20 dan ortiq kichik qurilish tashkilotlari olib bormoqda. Quruvchilar tomonidan yil boshidan beri 440 o‘rinli yopiq pavilon qurib bitkazildi. Ayni chog‘da do‘konlar, savdo rastalari bunyod etilmoqda. – Zimmamizdagi vazifani belgilangan muddatda tugallash uchun barcha imkoniyatlardan samarali foydalanmoqdamiz, – deydi “Amumaxsusqurilishservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari M.Abipov. – Bozorda qishning sovug‘ida ham, yozning issig‘ida ham sotuvchi va xaridorlar uchun qulayliklar yaratilmoqda. Nukus dehqon bozorida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari shahar ahliga katta quvonch bag‘ishlamoqda. – Ushbu bozor shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, – deydi xaridor Nisanboy Reypnazarov. – Endi ko‘zni quvontiradigan ozoda va bejirim rastalardan kerakli mahsulotlarni xarid qilamiz. O‘zA, A.Ortiqboyev

02.11.2012 09:08 da elon qilingan, 2562 marta korib chiqildi