Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Milliylik va betakrorlik

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Qoraqalpoq milliy liboslari o‘ziga xos bichimi, ranglarining bir-biriga uyg‘unligi bilan ham betakror. Nukus shahridagi “Ayzada chevar qo‘llar” korxonasi aynan shunday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali iste’mol bozorida o‘z o‘rnini topmoqda. 15 nafar qo‘li gul xotin-qiz mehnat qilayotgan korxonada zamonaviy tikuv uskunalari o‘rnatilgan. Bu yerda buyurtma asosida yuqori sifatli, milliy va zamonaviy bichimdagi liboslar tayyorlanadi. Kichik korxona rahbari Zuhra Jaksimuratovaning aytishicha, momolardan bizgacha yetib kelgan ko‘k ko‘ylak, jegde kabi qoraqalpoq milliy liboslariga buyurtmalar tobora ko‘paymoqda. “Ayzada chevar qo‘llar”ning mahsulotlari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan turli ko‘rgazma va festivallarda ham sovrinli o‘rinlarni egallayotir. Jumladan, 2011-yili poytaxtimizda o‘tgan an’anaviy “Style.Uz” san’at haftaligida korxona chevarlari tikkan 12 turdagi milliy va zamonaviy liboslar yuqori baho oldi. O‘zA, Maqsad Habibullayev (surat)

28.11.2012 10:25 da elon qilingan, 3371 marta korib chiqildi