Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Agrar soha istiqbollari muhokama etildi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

Nukusda “Orolbo‘yi ekologik sharoitida agrar sohani rivojlantirish istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda deputatlar, qishloq va suv xo‘jaligi, adliya, iqtisodiyot vazirliklari, banklar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda agrar soha mutaxassislari ishtirok etdi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda fermerlik faoliyatini takomillashtirish, ekin maydonlarini optimallashtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayonlarinini texnik va texnologik yangilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Strategik muhim ahamiyatga ega qishloq xo‘jaligi ekinlari – paxta va g‘allachilik bilan bir qatorda meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohalarida ham mahsulot yetishtirish hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda. Bozorlarimizni sut, go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida yuqori natijalarga erishilmoqda. Anjumanda agrar sektorni barqaror va samarali rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishda fermer xo‘jaliklarining o‘rni va rolini kuchaytirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 2012-yil 22-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash masalasi atroflicha muhokama etildi. Orolbo‘yida tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ekologik holatni yaxshilash va barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi dolzarb vazifalar hamda sohaning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Qishloq xo‘jaligiga oid ilg‘or ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, zamonaviy sug‘orish tizimlari va energiyani tejaydigan texnologiyalardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi rivojining eng muhim omillaridan biri – seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev ishtirok etdi. O‘zA, A.Ortiqboyev

06.12.2012 12:15 da elon qilingan, 2270 marta korib chiqildi