Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Ellikqal’ada yangi kompleks

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Sharq Yulduzi” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi chorvachilik kompleksi qayta rekonstruksiya qilinib, bo‘rdoqichilik bazasiga aylantirildi. Ushbu bo‘rdoqichilik kompleksi “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tumandagi unitar korxonasi tomonidan ishga tushirildi. Qariyb 8 gektar maydonni egallagan kompleksni mukammal rekonstruksiya qilish ishlari “Ayt” xususiy qurilish tashkiloti tomonidan amalga oshirildi. – Qoramollar boqiladigan binolar kengaytirilib, qulay holga keltirildi, – deydi kompleks bosh zootexnigi Ikrom Erkayev. – Qishning qirovli kunlarida mollarga isitilgan suv va yem berish ishlari texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda bu yerda 50 bosh qoramol boqilmoqda. Ushbu kompleksda chorvadorlar uchun barcha shart-sharoit muhayyo qilingan. Joriy yilning birinchi choragida bo‘rdoqichilik bazasi to‘la quvvat bilan ishlay boshlaydi va bu yerda 150 bosh qoramol boqish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada el dasturxonini sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash yanada yaxshilanadi. O‘zA, A.Ortiqboyev

04.01.2013 10:39 da elon qilingan, 2855 marta korib chiqildi