Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Ishlab chiqarish hajmi oshmoqda

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor import o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonalarning soni ortishida muhim omil bo‘lmoqda. Buni Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida ham ko‘rish mumkin. Nukus shahridagi “Lesstroytorg” mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar asosida yog‘ochdan yuqori sifatli deraza va eshiklar ishlab chiqarilayotir. Orolbo‘yi ovullarida barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar qurilishiga shartnoma asosida mahsulot yetkazib berayotgan mazkur korxonada 50 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Ularning barchasi yoshlardan iborat. - Korxonamiz ish boshlagan 2008-yilda ishchilarimiz soni bor-yo‘g‘i 7-8 nafar edi, - deydi mazkur korxona rahbari Murod Shimbergenov. – O‘tgan davr ichida mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortib, iqtisodiy samaradorlikka erishildi. 2013-yilda korxonamiz jamoasi mahsulotlar turini ko‘paytirishni mo‘ljallamoqda. Metaldan eshik va darvozalar yasash, shuningdek, mebel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish harakatidamiz. Bu qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. O‘zA, Maqsad Habibullayev (surat)

16.01.2013 09:26 da elon qilingan, 4019 marta korib chiqildi