Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Soliq siyosati va yangi imkoniyatlar

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida 2013-yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda mamlakatimiz soliq qonunchiligiga kiritilgan asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalarga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Moliya va Adliya vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasining mas’ul xodimlari va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni rivojlantirish va modernizatsiya qilishni rag‘batlantirish, xo‘jalik sub’ektlari va aholi uchun soliq yukini izchil ravishda kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan siyosat yuqori makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish hamda Davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori ham aynan shu maqsadga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev tadbirda bu haqda alohida to‘xtalib o‘tdi. Mazkur hujjatga muvofiq, aholi daromadlari va xarid qobiliyatini oshirish maqsadida 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining quyi shkalasi bo‘yicha soliq stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirildi. Bunda soliq stavkasi eng kam ish haqining yil boshidagi miqdoridan kelib chiqib qo‘llanishi va bu miqdor, eng kam ish haqi qancha bo‘lishidan qat’i nazar, yil davomida o‘zgarmasligini nazarda tutuvchi yangi norma kiritildi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasini eng kam ish haqining yil boshidagi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblash tartibi belgilandi. Ayni vaqtda ayrim soliq stavkalari, jumladan, yer solig‘i va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari indeksatsiya qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda imzolangan “Soliq va byudjet siyosatining 2013-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi, shuningdek, soliq hisobotini taqdim etish davriyligini qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlari bilan mamlakatimiz Soliq kodeksiga kiritilgan bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishtirildi. Xususan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish davriyligini qisqartirish va soddalashtirish munosabati bilan Soliq kodeksining 29 moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Soliq kodeksining 266-267-moddalariga kiritilgan o‘zgartishlar yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solish ob’ekti va bazasidan nomoddiy aktivlarning chiqarilishini nazarda tutadi. Soliq kodeksining 91-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga binoan davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kuni oldin, tadbirkorlik sub’ektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart. Soliq kodeksining 176- va 179-moddalariga kiritilgan o‘zgartishlarga asosan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘laganidan keyin oilaviy korxona ishtirokchisi ixtiyorida qoladigan foyda summasi mulkiy daromadlar tarkibiga kiritilishi va jismoniy shaxslarning daromadi sifatida soliqqa tortilmasligi belgilangan. Shuningdek, Kodeksning 351-moddasiga kiritilgan o‘zgartish bilan oilaviy korxonalar soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqisiz, yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. Barcha xohlovchilar mamlakatimiz soliq siyosatidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishishi va mutaxassislardan maslahatlar olishi mumkin bo‘lgan seminar 17-yanvargacha davom etadi. O‘zA, Mehribon Mametova, Asqar Yoqubov (surat)

16.01.2013 18:14 da elon qilingan, 2938 marta korib chiqildi