Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Talabga munosib taklif

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (50 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (50 KB)

Mamlakatimizda aholining turmush farovonligi yuksalib, zamonaviy, qulay, shinam sharoitda yashashga bo‘lgan qiziqishi va intilishi tobora ortmoqda. Shunga ko‘ra iste’mol bozorida ham aynan zamonaviy uy jihozlariga hamda maishiy texnika vositalariga talab kuchayib borayotir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazidagi “Nukus artel servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ana shu talabni o‘rgangan holda aholiga savdo xizmati ko‘rsatib kelmoqda. 2011-yilda ish boshlagan mazkur korxona asosan sifatli alyumin va plastika profilidagi mahsulotlarni, “Artel” kompaniyasida ishlab chiqarilgan maishiy texnika vositalari – televizorlar, muzlatkich va konditsionerlar, elektr lampalarni nisbatan arzon narxda iste’molchilarga yetkazib bermoqda. Bu yerda 12 kishi doimiy ish bilan band. O‘zA, Maqsad Habibullayev (surat)

16.01.2013 18:54 da elon qilingan, 2632 marta korib chiqildi