Talabga munosib taklif

Mamlakatimizda aholining turmush farovonligi yuksalib, zamonaviy, qulay, shinam sharoitda yashashga bo‘lgan qiziqishi va intilishi tobora ortmoqda. Shunga ko‘ra iste’mol bozorida ham aynan zamonaviy uy jihozlariga hamda maishiy texnika vositalariga talab kuchayib borayotir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazidagi “Nukus artel servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ana shu talabni o‘rgangan holda aholiga savdo xizmati ko‘rsatib kelmoqda. 2011-yilda ish boshlagan mazkur korxona asosan sifatli alyumin va plastika profilidagi mahsulotlarni, “Artel” kompaniyasida ishlab chiqarilgan maishiy texnika vositalari – televizorlar, muzlatkich va konditsionerlar, elektr lampalarni nisbatan arzon narxda iste’molchilarga yetkazib bermoqda. Bu yerda 12 kishi doimiy ish bilan band. O‘zA, Maqsad Habibullayev (surat)
Sana: 2013-01-16 18:54:06, Ko'rib chiqildi: 2955