Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Diqqat, tanlov!

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

«E'TIROF» O'zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot va internet nashrlarda jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlar tezkor, xolis va haqqoniy, tahliliy jihatdan yuksak saviyada yoritilgan materiallar ko'lamini oshirish, bosma nashrlarni shaklan va mazmunan takomillashtirish, jamiyat yangilanishidagi jarayonlarni yoritish, dunyo axborot maydonida o'z o'rnini egallashi, raqobatbardosh bo'lishi, OAV nufuzini oshirish va jurnalistlarning kasbiy mahorati o'sishiga ko'maklashish, nashrlar o'rtasida professional aloqalarni yo'lga qo'yish, iqtidorli mualliflarni rag'batlantirish maqsadida gazeta, jurnallar, internet agentliklari va nashrlari jurnalistlari, shuningdek blogerlar o'rtasida «E'tirof» tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi moliyaviy ko'magida o'tkaziladi.  

Tanlov nominatsiyalari:
- eng yaxshi bosma OAV jurnalisti
- eng yaxshi yil fotosuratchisi
- yil debyuti (ilk bor o'zini tanitgan)
- eng yaxshi tarmoq OAV jurnalisti
- eng yaxshi yil blogeri
- eng yaxshi hududiy gazeta  

Tanlov o'tkazish tartibi va shartlari Taqdim qilingan ijodiy ishlar 2014 yilning 1 yanvaridan 2015 yilning 1 yanvarigacha bo'lgan davrda bosma va internet nashrlarda chop etilishi kerak.

G'oliblar quyidagi mezonlar bo'yicha aniqlanadi:
- mavzuning jamiyatda ahamiyatga molikligi, dolzarbligi va material mazmuni;
- yoritishdagi mahorat;
- materialni taqdim etish shakllarining yangiligi, o'ziga xosligi va ifodaliligi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar yetakchi jurnalistlar, jamoat tashkilotlari va tegishli idoralar vakillaridan iborat hay'at tomonidan baholanadi.  Ijodiy ishlarga muallif to'g'risida (familiyasi, ismi, professional faoliyati to'g'risida qisqacha ma'lumot, pasport nusxasi) ma'lumotlar ilova qilinadi. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan tahririyatlar fond direksiyasiga yozma ravishda murojaat qilishlari lozim.  

G'oliblarni taqdirlash Tanlov g'oliblari «O'zbekiston Matbuoti» III Milliy forumida e'lon qilinadi.
Tanlovda qatnashish uchun arizalar 2015 yil 4 fevraligacha quyidagi manzilda qabul qilinadi:
100129, Toshkent sh., A.Navoiy ko'chasi, 30-uy, 3-qavat, 1-xona.
Murojaat uchun telefonlar: 244-14-28, 244-12-51, www.mmf.uz, e-mail: fonduz@umail.uz.  

Tashkiliy qo'mita.


13.01.2015 15:50 da elon qilingan, 11657 marta korib chiqildi