Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining “YILNING ENG FAOL JURNALISTI — 2014” tanloviga marhamat!

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

Hurmatli hamkasblar!
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi sizlarni “Yilning eng faol jurnalisti — 2014” tanlovida qatnashishga taklif etadi. Tanlovga 2014 yilning 1 iyunidan 2015 yilning 1 iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.
Materiallar tanlovga tahririyatlar tavsiyasi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari orqali joriy yilning 10 iyunigacha muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma’lumotlar va pasport nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi lozim.
“Yilning eng faol jurnalisti — 2014” tanlovi g‘oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan bayram tadbirida topshiriladi.
Materiallar “Yilning eng faol jurnalisti — 2014” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
100129, Toshkent shahri,
Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi 3-qavat, 30, 35-xonalar. Telefonlar: 244-64-61; 244-37-87.
www.journalist.uz


15.05.2015 16:33 da elon qilingan, 2614 marta korib chiqildi