Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

«Fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sog‘lom va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash» mavzuida

davlat granti berish uchun tanlov e’lon qiladi

Tanlovda davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi maqsadlardan kelib chiqqan loyihalari qabul qilinadi:

1. O‘sib kelayotgan yosh avlodda o‘zidan kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat kabi insoniy fazilatlarni, ona yurtga, o‘z xalqiga cheksiz muhabbat va sadoqatni shakllantirish.

2. Oilada, jamiyatda yoshi ulug‘larning o‘rnini, qadrini, obro‘sini oshirish, bolalar va yoshlarni o‘z ota-onalariga, jumladan, har bir nuroniyga nisbatan chuqur hurmat hamda g‘amxo‘rlik ruhida tarbiyalash.

3. Yoshlarning tug‘ilib o‘sgan yurti, uning madaniyati va me’moriy obidalari haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, ekskursiya uyushtirish, bukletlar chop qilish, stendlar tashkil etish va hokazolar.

4. Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning davlat hamda jamiyat qurilishi borasida amalga oshirilgan islohotlar haqidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar.

5. Yosh avlodning fan va san’atga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning respublika hamda xalqaro tanlovlarda, olimpiadalar va musobaqalarda ishtirokini ta’minlab, intellektual salohiyatlarini namoyish etishida rag‘batlantirish.

6. O‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini yanada kengaytirish, birinchi navbatda qishloq joylarida yashovchi yoshlarni sog‘lom turmush tarzi bo‘lgan sportga jalb etish uchun sharoitlar yaratish.

7. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi illatlardan, «ommaviy madaniyat»ning zararli ta’sirlaridan asrash.

8. Yoshlar o‘rtasida erta nikoh va ajralishlarning, oiladagi ijtimoiy-psixologik muammolarning oldini olish, irsiy va tug‘ma kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha ularning bilimlarini yuksaltirish, yoshlarda sog‘lom, mustahkam oilani barpo etishga bo‘lgan intilishni shakllantirish.

9. Sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy, tibbiy-maslahat tadbirlarini tashkil etish, yosh oilalarga e’tiborni kuchaytirish, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash.

10. Azaliy milliy qadriyatlarni saqlash va yanada mustahkamlashda, jamiyatda yuksak ma’naviy muhitni qaror toptirishda, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish.

11. Yoshlarni, jumladan, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ayniqsa, qishloq joylarida oilaviy biznesni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish.

12. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni sportning turli mashg‘ulotlariga, fan va san’atga jalb qilishning amaliy choralarini ko‘rish.

13. Joylarda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Ariza taqdim etilayotganligi haqida NNT tashkiloti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.

2. www.fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda yozilgan grant loyihasi (arizasi).

3. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi.

4. Nizom nusxasi (oxirgi o‘zgarish va qo‘shimchalar) tashkilot muhri bilan tasdiqlangan.

5. Agar loyiha litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, litsenziya nusxasi.

6. Mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlash borasida manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining taqdimnoma yoki xati ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 25 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2015-yilning 15-iyunidan 15-iyuligacha qabul qilinadi.

Hujjatlar «O‘zbekiston pochtasi» orqali muhrlangan konvertda (A-4 format): Toshkent shahri, 100035, «Bunyodkor» shoh ko‘chasi, 1-uyda joylashgan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi» nomiga yuborilishi shart.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlarining namunalari bilan Jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-64.


17.06.2015 10:40 da elon qilingan, 10014 marta korib chiqildi