Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

«Atrof-muhitni muhofaza qilishda, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda aholi, nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish» mavzuida

davlat granti berish uchun tanlov e’lon qiladi

Tanlovda davlat ro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi maqsadlardan kelib chiqqan loyihalari qabul qilinadi:

1. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mamlakatda amalga oshirilayotgan tashkiliy-huquqiy choralar haqida aholi xabardorligini ta’minlash, joylardagi dolzarb ekologik muammolarni hal qilishda fuqarolar faolligini oshirish.

2. «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati hamda mazkur qonun me’yorlarining joylarda bajarilishi haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish.

3. Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sohasida NNT faoliyatini hamda jamoat tashkilotlari tomonidan ekologik nazoratni amalga oshirish amaliyotini OAVda keng yoritilishini ta’minlash.

4. Keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish va jamoat ekologik nazoratini amalga oshirish orqali atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida qonunchilik talablari buzilishining oldini olish.

5. Atrof-muhit muhofazasini kuchaytirish, aholi salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olish, sog‘lom avlodni tarbiyalash va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni shakllantirish.

6. Hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hasharlar, turli tadbirlar va aksiyalar o‘tkazish orqali mahallalarda sanitariya-ekologik vaziyatni yaxshilash sohasida aholining jamoaviy faolligini oshirish.

7. Ko‘chalar va turar-joy mavzelarining tashqi qiyofasini, sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha vazifalarni yechishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ahamiyati va o‘rnini oshirish.

8. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, jamoat ekologik nazoratini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faolligini kuchaytirish.

9. Ekologik toza va resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish hisobiga tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash va qayta tiklanuvchi ekologik toza muqobil energiya manbalarini tatbiq etish.

10. Atrof-muhit ifloslanishi darajasini kamaytirish, ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati chiqindilari bilan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha texnologiyalarni joriy qilish.

11. Ekologik halokat – Orolbo‘yi va mamlakatning boshqa ekologik nomaqbul hududlarida ekologik holatni qayta tiklash va sog‘lomlashtirish.

12. Ekologik ta’limni rivojlantirishga, ekologik bilimlarni targ‘ib qilishga, fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirishga, ekologik muammolarni hal qilishga aholining turli qatlamlarini keng jalb qilish.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Ariza taqdim etilayotganligi haqida NNT tashkiloti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.

2. www.fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda yozilgan grant loyihasi (arizasi).

3. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi.

4. Nizom nusxasi (oxirgi o‘zgarish va qo‘shimchalar) tashkilot muhri bilan tasdiqlangan.

5. Agar loyiha litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, litsenziya nusxasi.

6. Mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlash borasida manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining taqdimnoma yoki xati ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 25 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2015-yilning 15-iyunidan 15-iyuligacha qabul qilinadi.

Hujjatlar «O‘zbekiston pochtasi» orqali muhrlangan konvertda (A-4 format): Toshkent shahri, 100035, «Bunyodkor» shoh ko‘chasi, 1-uyda joylashgan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi» nomiga yuborilishi shart.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlarining namunalari bilan Jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-64.


17.06.2015 10:43 da elon qilingan, 5420 marta korib chiqildi