Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

“MIT.uz” – milliy internet tanlovini e’lon qiladi.

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi,
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va milliy internet segmentini rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “MIT.uz” – milliy internet tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan veb dasturchi va dizaynerlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:

– O‘zbekistonning boy madaniyati va san’ati, tarixi hamda istiqlol g‘oyalari va ma’naviy qadriyatlari aks etgan eng yaxshi sayt;

– “Keksalarni e’zozlash yili” mazmuniga doir eng yaxshi sayt;

– Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayot aks etgan eng yaxshi sayt;

– O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;

– O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt;

– Eng yaxshi yangiliklar sayti.

Tanlovga arizalar 2015-yilning 1-sentabriga qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining tuman va shahar kengashlarida qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni (0-371) 241-02-72, 241-00-50 telefon raqamlari yoki www.MIT.uz saytidan olish mumkin.

“MIT.uz” – sog‘lom axborot muhiti sari.


30.06.2015 10:00 da elon qilingan, 2973 marta korib chiqildi