“Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika tanlovini e’lon qiladi

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi,
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan “Yilning eng faol yosh jurnalisti” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov respublika ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan hamda tahririyatlar bilan yaqin hamkorlik qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan jurnalistlar o‘rtasida televideniye, radio, matbuot, foto, internet-jurnalistika yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Tanlovga ijodiy ishlar 2015-yilning 1-noyabriga qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining tuman va shahar kengashlarida qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni (0-371) 241-02-72, 241-00-50 telefon raqamlari yoki www.kamolot.uz saytidan olish mumkin.


Sana: 2015-06-30 10:01:02, Ko'rib chiqildi: 3234