Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

“Yangi nigoh” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati,
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi,
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekkino” Milliy agentligi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi,
“Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi,
Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi,
Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markaz
i

O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyati, joylardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilish;

mediamahsulotlarning keng tarqalgan turi – videoroliklar yordamida mamlakatimizning turizm salohiyati to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish;

yoshlarda yurtimizdagi bunyodkorlik va yangilanishlarga nisbatan faxr tuyg‘ularini shakllantirish;

milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash hamda kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida “Yangi nigoh” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga ijodiy ishlar 2015-yilning 1-sentabriga qadar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining tuman va shahar kengashlarida qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni (0-371) 241-02-72, 241-00-50 telefon raqamlari yoki www.videotanlov.uz saytidan olish mumkin.


30.06.2015 10:01 da elon qilingan, 3633 marta korib chiqildi