Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Diqqat, ko‘rik-tanlov: “Yilning eng yaxshi kitobi”

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi 2015-yil oktabr-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24-yilligiga bag‘ishlab respublika nashriyotlarining o‘zaro hamkorligini kengaytirish, noshirlik madaniyati va nashriyotlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, sohada erishilgan yutuqlarni keng ommalashtirish, noshirlar, muharrirlar va texnik muharrirlar, musahhih, rassom-dizaynerlar, matbaachilarni rag‘batlantirish, aholining barcha qatlami, xususan, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Yilning eng yaxshi kitobi” VII Respublika ko‘rik-tanlovi quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazilishini e’lon qiladi:

1. “Ijtimoiy-siyosiy adabiyot”;
2. “Vatan tarixi”;
3. “O‘zbek va jahon mumtoz adabiyoti”;
4. “Bolalar va o‘smirlar adabiyoti”;
5. “ART kitob”;
6. “Ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar”;
7. “Ilmiy-fundamental asarlar, ensiklopedik nashrlar”.

Tanlovga qo‘yilgan nashrlarning quyidagi jihatlari hisobga olinadi:

– ma’no-mazmuni, ilmiy-ma’rifiy jihatdan tayyorlanish darajasi;
– tahririy-noshirlik darajasi;

– dizaynining original yechimi va badiiy yechimlarining mazmuniga, o‘quvchilar doirasiga hamda kitob maqsadlariga muvofiqligi;
– matbaa ijrosining sifati;
– nashrning ommabopligi va ijtimoiy ahamiyatliligi.

Nashriyotlar ushbu ko‘rik-tanlovda har bir nominatsiya bo‘yicha bir necha nomdagi kitob mahsulotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilayotgan nashrlar 2015-yilning 1-noyabrigacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari tashkiliy qo‘mita tomonidan 2015-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston matbuoti” V Milliy ko‘rgazmasi tadbirlari doirasida mukofotlanib, ularga maxsus diplomlar tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilayotgan kitoblar bir nusxadan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga yuborilsin.

Manzil: Toshkent–100129, Navoiy ko‘chasi, 30-uy
Murojaat uchun telefonlar: (0-371) 244-12-61, 244-31-85.


30.09.2015 18:23 da elon qilingan, 3158 marta korib chiqildi