Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Diqqat! «Jamiyat va men» tanlovi

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (52 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (52 KB)

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi respublikadagi bosma va internet nashrlar, axborot agentliklari jurnalistlari va fotojurnalistlari uchun «Jamiyat va men» tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy, huquqiy sohalardagi islohotlarning borishi, jamiyatning faol a’zolari tashabbuslarini birlashtirish, NNT, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, OAV va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazarotini kuchaytirishga qaratilgan ijodiy ishlar maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida o‘tkaziladi.

Tanlov yo‘nalishlari:

– ijtimoiy mavzuda yoritilgan eng yaxshi material;
– iqtisodiy mavzuda yoritilgan eng yaxshi material;
– tarixiy va madaniy mavzuda yoritilgan eng yaxshi material;
– siyosiy mavzuda yoritilgan eng yaxshi material;
– ilmiy-texnik mavzuda yoritilgan eng yaxshi material;
– sport mavzusida yoritilgan eng yaxshi material;
– ijtimoiy sheriklik mavzusida yoritilgan eng yaxshi material;
– jamoatchilik nazorati mavzusida yoritilgan eng yaxshi material.

Maxsus nominatsiyalar:

– «O‘z davrining qahramoni» mavzusida eng yaxshi maqola;
– «Yangi avlod» mavzusidagi eng yaxshi maqola.

Tanlovni o‘tkazish shartlari va tartibi

Tanlovga nomzodlik uchun taqdim etiladigan materiallar 2015-yil 1-yanvardan 1-dekabrigacha bosma nashrlarda chop etilgan bo‘lishi kerak. Ular yuksak kasbiy daraja bilan ajralib turishi va quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq:

• taqdim etilgan mavzuga muvofiqlik;
• mavzuni yoritishda asoslilik va o‘ziga xoslik;
• materialning mazmundorligi va tushunarliligi;
• aniq va ishonchli ma’lumot.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar mazkur e’lon chop etilgan vaqtdan boshlab 4-dekabrga qadar Toshkent – 100129, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, 2-qavat, 45-xona manzili bo‘yicha qabul qilinadi. Murojaat uchun telefon: (0 371) 244-14-28

Har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov g‘oliblari maxsus diplom va noutbuk bilan taqdirlanadi.

Tanlovga yuborilgan materiallar qaytarilmaydi, ular uchun taqriz yozilmaydi va haq to‘lanmaydi.


30.09.2015 18:24 da elon qilingan, 3523 marta korib chiqildi