Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Diqqat, tanlov!

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (54 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (54 KB)

“Keksalar va nogironlarni ijtimoiy, ma’naviy hamda moddiy qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritgan eng yaxshi tahririyat va jurnalist”

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, NNTlarning fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan keksalar va nogironlar manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘maklashishga doir tadbirlarni amalga oshirishda OAVning ishtiroki va rolini oshirish, jurnalistlarni rag‘batlantirish orqali fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasidagi davlat siyosatini yoritishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan xamkorlikda “Keksalar va nogironlarni ijtimoiy, ma’naviy hamda moddiy qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritgan eng yaxshi tahririyat va jurnalist” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

– O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga tanlovda qatnashish uchun erkin xat;

– tahririyatlar uchun – gazeta yoki jurnallarda 2015-yil davomida e’lon qilingan NNT faoliyati yoritilgan ijodiy ishlar ro‘yxati (shu jumladan, elektron shaklda);

– jurnalistlar uchun – gazeta yoki jurnallarda 2015-yil davomida e’lon qilingan NNT faoliyati yoritilgan ijodiy ishlar ro‘yxati va matni yoki nusxasi (shu jumladan, elektron shaklda).

Mukofotlar:

birinchi o‘ringa:

Keksalar va nogironlarni ijtimoiy, ma’naviy hamda moddiy qo‘llab- quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritgan eng yaxshi tahririyatga – birinchi darajali diplom va planshet;

Keksalar va nogironlarni ijtimoiy, ma’naviy hamda moddiy qo‘llab- quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritgan eng yaxshi jurnalistga – birinchi darajali diplom va planshet;

ikkinchi o‘ringa:

Keksalar va nogironlarni ijtimoiy, ma’naviy hamda moddiy qo‘llab- quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritgan eng yaxshi tahririyatga – ikkinchi darajali diplom va fotoapparat;

Keksalar va nogironlarni ijtimoiy, ma’naviy hamda moddiy qo‘llab- quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritgan eng yaxshi jurnalistga – ikkinchi darajali diplom va fotoapparat;

uchinchi o‘ringa:

Keksalar va nogironlarni ijtimoiy, ma’naviy hamda moddiy qo‘llab- quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritgan eng yaxshi tahririyatga – uchinchi darajali diplom va diktofon;

Keksalar va nogironlarni ijtimoiy, ma’naviy hamda moddiy qo‘llab- quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritgan eng yaxshi jurnalistga – uchinchi darajali diplom va diktofon.

Bundan tashqari, tanlov ishtirokchi va g‘oliblariga homiylarning mukofotlari ham topshirilishi mumkin.

Hujjatlar 2015-yil 20-noyabrgacha qabul qilinadi.

Tanlovda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan bosma OAV, jurnalistlar, NNT vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi manzilda qabul qilinadi:

Toshkent shahri, 100049, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uy.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi.

E-mail: uznntfond@umail.uz, uz.nntma@umail.uz, upzero1992@yandex.ru.

Hujjatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirilganda, arizalar O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondida shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni www.ngo.uz sayti yoki (+99871) 233-52-41, 233-35-26, 233-24-92 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

Tashkiliy qo‘mita


06.10.2015 09:45 da elon qilingan, 3471 marta korib chiqildi