Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XI milliy mukofoti

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi. 


3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan bu tanlovga 2015-yilning 1-aprelidan 2016-yilning 31-martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda ko‘rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar 2016-yilning 10-apreligacha qabul qilinadi. 

Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan: 

Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot. 

G‘olib maxsus diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 

Asosiy mukofotlar: 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-o‘rinlar); 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-o‘rinlar); 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma OAV – 1-, 2-, 3-o‘rinlar); 

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-o‘rinlar). 

Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. 

Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. 

Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. 

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar: 

eng yaxshi fotoreportaj; 
eng yaxshi matbuot xizmati. 

Mazkur nominatsiyalar g‘oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. 

Shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari va respublikamizdagi jamoat tashkilotlari ham o‘z rag‘batlantiruvchi mukofotlarini ta’sis etgan. 

Tanlov shartlari: 

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda internet nashrlarida e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (5 tadan kam bo‘lmasligi kerak). 

Televideniye bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 3 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak. 

Radioeshittirishlar (CD, DVD diskda) 5 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak. 

Matbuot va internet materiallari asl nusxada yoki ko‘chirma nusxada taqdim etilishi lozim. 

Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim: 

muallif haqida ma’lumotnoma (ob’ektivka); 
muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari; 
pasport nusxasi. 

Tanlov g‘oliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2016-yil 3-mayda – Jahon matbuoti erkinligi kuni “Turkiston” saroyida o‘tkaziladi. 

Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi. 

Materiallar “Oltin qalam” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: 

100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, 3-qavat. 
Telefonlar: 244-64-61; 244-37-87 
www.journalist.uz 


12.02.2016 07:55 da elon qilingan, 6061 marta korib chiqildi