Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz

O’zbekiston Prezidentining tashabbuslari –xorijiy ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (56 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (56 KB)

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 10 sentyabr` kuni Ostona shahrida bwlib wtgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bwyicha birinchi sammitida swzlagan nutqi xorijiy ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg`otdi. Ularda davlatimiz rahbarining nutqida bildirilgan asosiy fikrlarga alohida e`tibor qaratilgan kwplab materiallar chop etilgani ham bundan dalolat beradi.

Xususan, Bi-Bi-Si O’zbek xizmati (bbc.com/uzbek) Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev wz nutqida islom olamining muammoli masalalari, avvalo, ilm-fan va texnologiyalar borasida rivojlangan davlatlardan sezilarli darajada orqada qolayotganini ta`kidlaganini qayd etgan.

Internet nashr Prezidentimizning Toshkent shahrida Islom tsivilizatsiyasi markazini tashkil etish bwyicha tashabbusiga alohida e`tibor qaratgan.

Shuningdek, Bi-Bi-Si Shavkat Mirziyoevning musulmon olamida fan va texnologiyalar taraqqiyoti darajasiga bergan bahosiga, IHTga a`zo davlatlar katta moliyaviy salohiyatga ega bwlsa-da, iqtisodiyotga innovatsion g`oya va texnologiyalarni joriy etishda faollik kwrsata olmayotganini afsus bilan qayd etganiga, fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qwshilgan hissa uchun Islom hamkorlik tashkilotining xalqaro mukofotini ta`sis etish va uni keng ommalashtirish tashabbusiga wquvchilar diqqatini qaratgan.

«Ozodlik» radiosi (ozodlik.org) O’zbekiston Prezidenti musulmon mamlakatlari olimlarining fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qwshgan hissasini munosib taqdirlash maqsadida IHT mukofotini ta`sis etishni taklif qilgani, bu, ayniqsa, yosh olimlarga ilmiy-texnologik ywnalishlardagi izlanishlarini yanada faollashtirishga rag`bat bwlishini qayd etgan.

Uaport.net internet nashri wz maqolasida bunday yozadi: «O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Islom olami jahon ilm-fani va tsivilizatsiyasiga qwshgan beqiyos hissasi bilan faxrlanishga twla haqli ekani, Markaziy Osiyo hududi esa Sharq Renessansining yirik markazi sifatida ma`lum va mashhur bwlganini ta`kidladi. Algoritm asoschisi Al-Xorazmiy, qomusiy olim Al-Farg`oniy, kwplab fanlar rivojiga ulkan hissa qwshgan Ibn Sinoning boy ilmiy va ma`naviy merosining beqiyos ahamiyati tobora ortmoqda».

«Biz Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bwyicha Doimiy qwmitasi faoliyatini yuksak baholaymiz va uning ishida yanada faol ishtirok etishni rejalashtirganmiz. Tashkilotimizning mazkur ywnalishda wn yillik harakatlar dasturi natijalari belgilangan maqsadlarga erishilganidan dalolat beradi, deya ta`kidladi O’zbekiston Prezidenti», deb yozadi internet nashri.

vb.kg internet portali Shavkat Mirziyovning IHTga a`zo davlatlar oliy ta`lim muassasalarining xalqaro darajasi pastligi borasidagi swzlariga e`tibor qaratgan: «A`zo davlatlarning faqatgina 11 ta oliy ta`lim muassasasi jahonning 500 ta eng yaxshi universiteti reytingidan wrin olgan, xolos. Yoki 2015 yilda dunyo bwyicha patent olish borasidagi murojaatlarda bu mamlakatlarning hissasi atigi biru wndan twqqiz foizni tashkil etgan».

Sputniknews-uz.com davlatimiz rahbarining IHTga a`zo ayrim davlatlar wz moliyaviy salohiyatidan fan va texnologiyalarni rivojlantirishda foydalanmayotgani twg`risidagi swzlarini keltiradi: «Aksariyat musulmon mamlakatlari boy tabiiy zaxiralarga, katta moliyaviy salohiyatga ega bwlsa-da, iqtisodiyotga innovatsion g`oya va texnologiyalarni joriy etishda faollik kwrsata olmayotganini afsus bilan qayd etish lozim».

«O’zbekiston rahbari mamlakatlar wrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda global iqlim wzgarishi masalasiga kwproq e`tibor qaratish, yuqori samarali komp`yuter markazlarini yaratish, yosh olimlar va yoshlar bilan kompleks ishlash orqali ushbu vaziyatdan chiqish mumkinligini ta`kidladi», deb qayd etadi manba.

Kazpravda.kz nashri IHT Doimiy qwmitasining a`zo davlatlar hududida oltita Yuqori samarali komp`yuter markazini tashkil etish twg`risidagi tavsiyasiga muvofiq, davlatimiz rahbari O’zbekiston shunday markazlardan birini wz hududida joylashtirishga tayyor ekanini bildirgani hamda Musulmon olami yosh olimlari xalqaro markazini tuzishni taklif etganiga alohida e`tibor qaratgan.

Shavkat Mirziyoevning navbatdagi IHT Fan va texnologiyalar sammitini O’zbekistonda wtkazish twg`risidagi taklifi ham xorijiy ommaviy axborot vositalarining alohida e`tiborini tortdi.

Mazkur masala haqida twxtalar ekan, Kant.kg davlatimiz rahbarining quyidagi swzlarini keltiradi: «A`zo davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, aholining munosib hayot darajasini ta`minlash maqsadida Fan va texnologiyalar bwyicha sammitni har uch yilda bir marta wtkazishni va ushbu taklif qwllab-quvvatlangan taqdirda, keyingi sammitni 2020 yilda O’zbekistonda wtkazishga tayyor ekanimizni bildirmoqchiman».

Ushbu tashabbus ca-news.org veb-sayti materialida ham wz aksini topgan: «Ostona sammitida swzga chiqqan O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev IHTning Fan va texnologiyalar bwyicha sammitiga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi».

Internet nashri O’zbekiston rahbarining ushbu tashabbusi Tashkilotga a`zo davlatlar tomonidan keng qwllab-quvvatlanganini qayd etadi hamda IHT Fan va texnologiyalar bwyicha birinchi sammiti Ostona deklaratsiyasi bandlaridan birini keltiradi: «Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar O’zbekiston Prezidentining IHT Fan va texnologiyalar bwyicha ikkinchi sammitini O’zbekistonda wtkazish twg`risidagi taklifini mamnuniyat bilan qabul qiladilar».

«Biz IHT Bosh kotibiyati va KOMSTEK (IHTning Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bwyicha Doimiy qwmitasi)ni O’zbekiston hukumati bilan O’zbekistonda IHT Fan va texnologiyalar bwyicha ikkinchi sammitini chaqirishga kerakli tayyorgarlik ishlarini boshlashga vakolat beramiz», deyiladi deklaratsiyada.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Ostona shahrida bwlib wtgan IHT sammitidagi nutqi ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, internet tarmog`i foydalanuvchilari tomonidan ijobiy baholandi va faol qwllab-quvvatlandi. Nutq bwyicha kwplab izohlar bildirilgani va undagi fikrlar turli nashrlarda qayta chop etilgani ham shundan dalolat beradi.

Muxtasar aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan IHT sammitida Tashkilotning fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi sa`y-harakatlarini faollashtirishga doir bildirilgan tashabbuslar internet hamjamiyati tomonidan yuksak baholandi va keng qwllab-quvvatlandi, bugun ham internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlar diqqat markazida bwlib turibdi.

 

O’zA


15.09.2017 16:11 da elon qilingan, 1983 marta korib chiqildi