Sahifani PDF tarzda yuklab olish (51 Kb)
Versiyasi
Sahifani doc tarzda yuklab olish (51 KB)
Xususiylashtirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi 2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlar to’g’risidagi PK-672-sonli qaroriga muvofiq 79 ta obekt sotilishi rejalashtirilgan bo’lib, shu kungacha 27 ta davlat obektlari sotilib, shundan 2010 yilda 1 ta obekt sotilgan (jadval №1).
2010 yilda “nol” qiymatida sotilgan obekt va korxonalar bo’yicha investorlar tomonidan jami 358,0 mln. so’mlik investisiya majburiyatlari kiritilishi belgilangan bo’lib, haqiqatda 433,1 mln. so’mlik investisiya kiritilgan, yani belgilangan reja 120,9 foizga bajarildi (QR Davlat Mulk Ko’mitasi hisobotidan). Joriy yilda xususiylashtirishdan kelib tushgan mablag’lar hajmi 208,3 mln. so’mni tashkil etdi, shundan kuchmas mulkni sotishdan 17,1 mln. so’m, er maydonlarini sotishdan 191,2 mln. so’m (QR Davlat Mulk Ko’mitasi hisobotidan). 2010 yilda aksiyadorlik jamiyatlaridagi ishchilar soni 9,9 ming kishini tashkil etdi. Sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ishlab chiqargan mahsulotlari hajmi 258165,9 mln. so’mni tashkil qildi (jadval №1).
«Iqtisodiyot» bo’limning boshina qaytish
Oldingi bo’lim: Moliyaviy ahvol
Keyingi bo’lim: Kichik biznes va xususiy tadbirkor
Ko'rib chiqildi: 8066