Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (65 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (65 KB)

Kapital qurilish

2010 yil yakuni davomida Qoraqalpog’iston Respublikasida barcha moliyaviy manbalar hisobidan o’zlashtirilgan kapital mablag’lar o’tgan yilga nisbatan 63,1 foizni tashkil qilgan (reja 1331778,4 mln. so’m, fakt 457852,4 mln. so’m). Prognozning bajarilmasligi, asosan jami to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni kiritishning yillik rejasi 560925,3 mln. so’m miqdorida belgilanib, amalda 32584,1 mln. so’m (5,8%) miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar o’zlashtirilgan xolos. Ishlab chiqarish sohasiga barcha kapital qo’yilmalarning 67,2 foizi jalb qilingan bo’lsa, markazlashtirilmagan investisiyalarning asosiy kapitaldagi ulushi 72,1 foizni tashkil qilgan.
-//- 2009 yil yakuni 2010 yil yakuni
hajm, mln. so’m hajmga % hajm, mln. so’m hajmga %
Byudjet mablag’lari 26597,7 4,1 33847,0 7,4
Byudjetdan tashqari fondlar 33907,4 5,2 65818,0 14,4
Xukumat kafolati bilan xorijiy investisiya va kreditlari 68485,9 10,5 28096,9 6,1
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalari va kreditlari 41185,8 6,3 32584,1 7,1
Boshqa xorijiy investisiyalari va kreditlari 118,7 - 130,6 0,03
Korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari 394239,7 60,4 156536,1 34,2
Tijorat banklari kreditlari 21440,9 3,3 43976,4 9,6
Aholi mablag’lari 55440,2 8,5 91001,7 19,9
Mahalliy byudjet 4131,7 0,6 1294,2 0,3
Boshqa qarz mablag’lari 3781,8 0,6 4087,9 0,9
Homiylar mablag’lari 3028,2 0,5 479,5 0,1
Jami: 652357,9 100,0 457852,4 100,0

Qurilish ishlari bozori to’g’risida

Hisobot davrida pudrat ishlari hajmi 230481,0 mln. so’mni va o’tgan 2009 yilga nisbatan o’sish surati 116,7 foizni tashkil qildi. Qurilish ishlariga buyurtmalarning mavjudligi pudrat korxonalari ishlarining rivojlanishiga va moliyaviy ahvolining yaxshilanishiga olib kelmokda. Bu erishilgan hajmga 380 ta pudratchi tashkilotlar qatnashib, shundan 16 tasini yirik korxonalar, 45 tasini kichik korxonalar, 317 tasini mikrofirmalar va 2 tasini qo’shma korxonalar tashkil qiladi. Qurilish ishlarida nodavlat sektorning ulushi 312943,5 mln. so’mni, yoki umumiy hajmning 68,4 foizini tashkil qildi. Shuningdek, hisobot davrida buyurtmachilar tomonidan jami 59 obekt uchun, jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Yagona buyurtmachi xizmati Injiniring kompaniyasi tomonidan 16 ta obektda, Orol buyi Respublika birlashmasi tomonidan 6 ta obektda, ODSP-1 direksiyasi tomonidan 1 ta obektda, Quyi Amudaryo irrigasiya tizimlari xavza boshqarmasi qoshidagi Qoraqalpoq Gidromeliorasiya ekspedisiyasi tomonidan 23 ta obektda, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 3 ta obektda, Taxiatashneftebaza tomonidan 1 ta obektda, QR Sud ishlari departamenti tomonidan 2 ta obektda, QR Yustisiya vazirligi tomonidan 3 ta obektda, QR Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan 1 ta obektda, Ellikqalaneftebaza UK tomonidan 1 ta obektda, To’rtkul Asaka tekstil MChJ tomonidan 1 ta obektda, Qo’ng’irot soda zavodi UP tomonidan 1 ta obektda tender savdolari o’tkazildi. O’tkazilgan tender savdolari natijasida 597,2 mln. so’m kapital mablag’ tejaldi.

Ishlab chiqarish obektlarini ishga tushirish to’g’risida

Yil yakunida 181 ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilib, 39647,6 mln. so’mlik asosiy vositalar ishga tushirildi. Jumladan, Amudaryo tumanida 30 ta, Beruniy tumanida 22 ta, Qonlikul tumanida 10 ta, Qorauzak tumanida 8 ta, Kegayli tumanida 8 ta, Qo’ng’irot tumanida 6 ta, Muynoq tumanida 1 ta, Nukus tumanida 7 ta, Taxtako’pir tumanida 4 ta, To’rtkul tumanida 14 ta, Xo’jayli tumanida 14 ta, Chimboy tumanida 11 ta, Shumanoy tumanida 8 ta, Ellikqala tumanida 15 ta, Nukus shahrida 19 ta va Taxiatosh shahrida 5 ta ishlab chiqarish obektlari foydalanishga qabul qilindi va natijada 1946 yangi ishchi o’rinlari tashkil qilindi.

Kommunal soha obektlari qurilishi to’g’risida

Aholi hisobidan 452,2 ming.kv.m. uy-joylar foydalanishga topshirilib, 2010 yil prognoziga (prognoz 343,7 ming.kv.m) nisbatan 131,6 foizni tashkil qilgan. Umumiy qurilgan uy-joylardan 333,1 ming.kv.m. qishloq joylariga to’g’ri keladi. Shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko’lamini kengaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-1167 sonli qarori bo’yicha 2010 yilda barcha tumanlarda 16 ta massivida 16586 mln. so’mlik 310 ta namunaviy uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Joriy yil yakunida 310 ta uylarning barchasida qurilish ishlari tugatilib, hisobot davrida jami 16,2 mlrd. so’mlik (yillik prognozga nisbatan 98,1 %) qurilish ishlari bajarilgan. Yil davomida 95,7 km suv tarmoqlarini tortish belgilanib, hisobot davrida 131,5 km tortilib, prognozga nisbatan 137,4 foizni tashkil qildi va jami 12551,7 mln. so’m mablag’ o’zlashtirildi. Shundan Orolbo’yi birlashmasi tomonidan byudjet mablag’lari hisobidan jami 1937,1 mln. so’mlik, Osiyo taraqqiyot banki Hududiy loyihalarni amalga oshirish guruhi tomonidan 9756,3 mln. so’mlik va aholi mablag’lari hisobidan 858,3 mln. so’m mablag’ o’zlashtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 17 sentyabrdagi 405-sonli qaroriga asosan, 2010 yilda qishloq joylarda 82,7 km suv tarmoqlarini tortish, shuningdek suv bilan 15 ta qishloq aholi punktlarini taminlash rejalashtirilgan. Shundan, qishloq joylarida 118,5 km suv tarmoqlari tortilib, 2622,6 mln. so’m mablag’ o’zlashtirildi va 15 ta qishloq aholi punktlari suv bilan taminlandi. Yil davomida 49,2 km gaz tarmoqlarini tortish belgilanib, hisobot davrida 57,0 km tortildi yoki prognozga nisbatan 115,9 foizni tashkil qildi va jami 466,5 mln. so’m mablag’ o’zlashtirildi. Shu jumladan, qishloq joylarida 46,4 km gaz tarmoqlari tortilib, 385,0 mln. so’m mablag’ o’zlashtirildi.

Ijtimoiy soha obektlarining qurilishi to’g’risida

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 473-sonli qarorini amalga oshirish maqsadida Respublikada 2010 yil davomida 350 o’rinli 4 ta kasb-hunar kollejlari yotoqxonalarini qurish va rekonstruksiya ishlari rejalashtirilib, bu obektlarga O’zbekiston Respublikasi byudjetidan 1580,0 mln. so’m kapital mablag’ ajratildi. Hisobot davrida Respublika Yagona buyurtmachi xizmati Injiniring kompaniyasi tomonidan 1611,8 mln. so’m kapital mablag’ o’zlashtirildi va Ellikqala tumanidagi 50 o’rinli yotoqxona qurilishi, Qo’ng’irot tumanida 100 o’rinli yotoqxona, Shumanoy tumanida 100 o’rinli yotoqxonalar yangi qurilishi va To’rtkul tumanida 100 o’rinli yotoqxona rekonstruksiya ishlari tugatilib, foydalanishga topshirildi. Amudaryo tumanidagi 100 o’rinli akademik lisey yotoqxonasi qurilishiga O’zbekiston Respublikasi byudjetidan 580,1 mln. so’m limit ajratilib, hisobot davrida Amudaryo KMIChJ pudrat tashkiloti tomonidan 590,2 mln. so’m mablag’ o’zlashtirildi va obekt foydalanishga topshirildi. Joriy yilda 7 ta harbiy chaqiruv punktlari rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilib, O’zbekiston Respublikasi byudjetidan 2963,1 mln. so’m limit ajratildi. Hisobot davrida 3161,5 mln. so’mlik mablag’ o’zlashtirilib, Taxtakupir, Shumanoy, Xo’jayli, Amudaryo, Qonlikul tumanlaridagi chaqiruv punktlari va Nukus shahridagi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining yig’ish punktlari rekonstruksiya ishlari tugatilib, foydalanishga topshirildi. Respublikada Sog’liqni saqlash tizimida 2010 yili 5 ta obektda rekonstruksiya ishlari rejalashtirilgan bo’lib, Respublika byudjeti hisobidan 7800,0 mln. so’m mablag’ ajratildi. Hisobot davrida bu obektlarda 8246,1 mln. so’mlik mablag’ o’zlashtirilib, To’rtkul, Kegayli, Muynoq tumanlarida Tibbiyot birlashmalari va Nukus shahrida Respublika bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika bolalar tuberkulezga qarshi sanatoriyasi rekonstruksiya ishlari tugatilib, foydalanishga topshirildi. Shunigdek, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi hisobidan 6190 mln. so’m mabag’ ajratilib, 4 ta bolalar sporti obektlari, 4 ta musiqa va sanat maktablari qurilishi va rekonstruksiyasi ishlari rejalashtirilgan. Hisobot davrida bu obektlarda 6290,8 mln. so’m o’zlashtirilib, barcha obektlar foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Respublika byudjetidan Erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 4775,1 mln. so’mlik meliorativ ishlariga mablag’ ajratilgan bo’lib, hisobot davrida 4940,2 mln. so’mlik rekonstruksiya ishlari bajarilgan.

Avtomobil yo’llarni tamirlash ishlari bo’yicha

2010 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 oktyabrdagi 1213-sonli O’zbekiston Respublikasining 2010 yilgi Investisiya dasturi to’g’risidagi qaroriga muvofiq umumiy foydalanishdagi xalqaro ahamiyatidagi A-380 Guzor sh.-Buxoro sh.-Nukus sh.-Qo’ng’irot sh.-Beyneo’ sh. avtomobil yo’llarini rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan. Hozirgi vaqtda umumiy foydalanishdagi xalqaro ahamiyatidagi avtomobil yo’llarini rekonstruksiya qilish ishlariga 42725,6 mln. so’mlik ish hajmi bajarildi. Umumiy foydalanishdagi xalqaro ahamiyatidagi avtomobil yulini o’rta tamirlash ishlarida 354,8 mln. so’m rejalashtirilib, haqiqatda 354,8 mln. so’mlik ish hajmi bajarildi va obekt foydalanishga topshirildi. Shuningdek, davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llarini o’rta tamirlash ishlarida 2428,4 mln. so’mlik ish hajmi bajarildi. Tuman hokimliklari tomonidan 28,6 km xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini o’rta tamirlash ishlarida 1071,0 mln. so’mlik ish hajmi bajarilib, 28,6 km qishloq avtomobil yo’llari tamirlandi va 9 oylik reja 100,0 foizga bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi Iktisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risidagi PF-4058-sonli Farmoni asosida qabul qilingan Hukumat qarorlari ijrosi to’g’risida.

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ko’plab mamlakatlar moliyaviy va iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Jahon bozorlarida vaziyatni barqarorlashtirish, bank tizimini hamda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash choralari ko’rilmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar asosan, iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish, raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni jadallashtirish, eksport hajmini asosan tayyor mahsulot hisobiga ko’paytirish hamda ichki resurslarga tayangan moliya-bank tizimini rag’batlantirishga yo’naltirilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi, Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash ularning barqaror ishlashini taminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risidagi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilinishi jahon moliya va ishlab chiqarish sohalaridagi inqirozning mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy tasiridan ximoyalash, iqtisodiyotimiz tarmoqlarini bir maromdagi faoliyatini taminlash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda kichik biznesni qo’llab-quvvatlash, uy-joy qurilishini kengaytirishga doir amalga oshiriladigan ishlarni belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi Ishlab chiqarish va ijtimoiy tuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida gi PQ-1041-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar. Qaror asosida belgilangan tadbirlar O’ztransgaz AK mablag’i hisobidan amalga oshirilishi ko’zda tutilgan, jumladan Qo’ng’irot kompressor stansiyasini kengaytirish (loyiha bahosi 102716,0 mln. so’m) belgilanib, bu obekt bo’yicha hisobot davrida 1598,6 mln. so’mlik mablag’ o’zlashtirildi. Shuningdek, Qo’ng’irot kompressor stansiyasida gazni keptirish uskunasini qurish (loyiha bahosi 56400,0 mln. so’m) ishlari olib borilmoqda. Hisobot davrida 6657,3 mln. so’m mablag’ o’zlashtirilgan. «Iqtisodiyot» bo’limning boshina qaytish Oldingi bo’lim: Transport va aloqa Keyingi bo’lim: Uy-joy kommunal xo’jaligi

Ko'rib chiqildi: 8937