Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (64 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (64 KB)

Uy-joy kommunal xo’jaligi

Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida kommunal xo’jaligi sohasida islohotlar davom ettirilmoqda. Sohada 98 foiz korxona va tashkilotlar xususiylashtirilib, hissadorlik jamiyatlariga, masuliyati cheklangan jamiyatlarga va xususiy korxonalarga aylantirilgan. Respublikamizdagi 1611,7 ming kv. m. turar joy fondiga ega 1039 ta ko’p qavatli turar-joylarga 130 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko’rsatmoqda (o’rtacha 1 shirkatga 8 ta ko’p qavatli turar joydan to’g’ri keladi). O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 25 iyuldagi PQ-425-sonli qarori asosida, 1991 yilgacha qurilgan 406 ta ko’p qavatli turar joylarga 2007-2010 yillarda kapital tamirlash ishlarini tugatish rejalashtirilgan. Ushbu qaror ijrosini taminlash maqsadida Vazirlar Kengashining 2010 yil 5 martdagi 01-08/8-03/109-sonli bayonnomasiga muvofiq joriy yilga rejalashtirilgan 102 ta turar joylarning kapital tamirlash ishlariga 2142,2 mln. so’m, jumladan byudjet parametrlarida ko’zda tutilgan 424,5 mln. so’m, mahalliy byudjet qo’shimcha manbaalari hisobidan 1075,0 mln. so’m, uy-joy mulkdorlari shirkatlari va homiylik mablag’lari hisobidan 642,7 mln. so’m yo’naltirilishi belgilangan. 2011 yil 1 yanvar holatiga jami 1948,6 mln. so’m (91%), jumladan byudjet parametrlarida ko’zda tutilgan mablag’lardan 424,5 mln. so’m (100%), mahalliy byudjet daromadlaridan 879,5 mln. so’m (82%), uy-joy mulkdorlari shirkatlari va xomiylik mablag’lari hisobidan 644,5 mln. so’m (100,3%) mablag’lar moliyalashtirilgan. Jami ko’p qavatli uylarni kapital tamirlash bo’yicha bajarilgan ish hajmi 2159,6 mln. so’mni tashkil qilib, rejalashtirilgan 102 ta turar joylar to’liq tamirlandi.

mln. so’mda

-//- 2010 yil rejasi 2010 yil amalda 2010 yil rejasiga nisbatan, %
Jami 2142,2 1948,6 91,0
Shirkatlar hisobidan 27,4 27,4 100,0
Xomiylar hisobidan 615,3 617,1 100,3
Jami byudjetdan tashqari 642,7 644,5 100,3
Bank krediti hisobidan 0 500,0 0
Mahalliy byudjet hisobidan 0 0 0
Rezerv fondi 200,0 40,0 20,0
1.01.2010 y. holatiga bo’sh qoldiqlar hisobidan 0 0 0
Respublika mahalliy byudjeti hisobidan 424,5 424,5 100,0
Mahalliy byudjetning ortiq bajarilishi hisobidan 825,0 339,5 41,2
Xususiylashtirishdan 50,0 0 0
Jami byudjet hisobidan 1499,5 804,0 53,6

Respublika aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan taminlanish darajasi 70,9 foizni, tabiiy gaz bilan taminlanish darajasi 95,0 foizni tashkil qilgan hamda har bir odamning turar joy bilan taminlanishi 15,4 m2 to’g’ri kelgan.

Markazlashgan ichimlik suv bilan taminlanishi past darajadagi tumanlar qatoriga Beruniy (40,7%) va Amudaryo (47,5%) tumanlari, tabiiy gaz bilan taminlanishi past darajadagi tumanlar qatoriga Beruniy (77,9%) va Muynoq (81,2%) tumanlari, har bir odamga turar joy bilan taminlanish darajasi past tumanlar qatoriga Sho’manoy (10,2 m2) va Mo’ynoq (11,0 m2) tumanlari to’g’ri kelgan.

Aholining kommunal xizmatlardan umumiy debitor qarzi 94602,5 mln. so’mni, shundan tabiiy gazdan 77578,7 mln. so’mni, ichimlik suv va kanalizasiyadan 1246,5 mln. so’mni, issiqlik va issiq suvdan 168,0 mln. so’mni, elektr energiyasidan 15344,2 mln. so’mni va elektr aloqadan 265,1 mln. so’mni tashkil qilgan (tezkor malumot).

Yil boshiga nisbatan axolining umumiy debitor qarzdorligi 16367,9 mln. so’mga, shundan tabiiy gazdan 16451,4 mln. so’mga, ichimlik suv va kanalizasiyadan 137,3 mln. so’mga ortdi.

Yil boshiga nisbatan axolining debitor qarzdorligi elektr energiyasidan 204,6 mln. so’mga, issiqlik taminotidan 10,5 mln. so’mga va elektraloqadan 5,7 mln. so’mga kamaygan.

Debitor qarzdorligi yirik tumanlar qatoriga, tabiiy gazdan Nukus shahrini (18156,8 mln. so’m), Xo’jayli tumanini (11637,7 mln. so’m), ichimlik suvdan Nukus shahrini (372,6 mln. so’m) va Beruniy tumanini (197,7 mln. so’m), elektrenergiyadan Nukus shahrini (5252,2 mln. so’m) va To’rtko’l tumanini (3805,6 mln. so’m), issiqlikdan Nukus shahrini (113,1 mln. so’m) va Xo’jayli tumanini (45,7 mln. so’m) va elektraloqadan Nukus shahrini (105,0 mln. so’m) va Xo’jayli tumanini (26,6 mln. so’m) kiritish mumkin.

Hisobot davrida yil boshiga nisbatan aholi uchun tarif tabiiy gazdan 50,0 foizga, ichimlik suv va kanalizasiyadan 43,4 foizga, issiqlik taminotidan 26,2 foizga va elektr energiyadan 18,5 foizga ortdi.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining va Moliya vazirligining 2001 yil 15 maydagi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 1031-sonli rejasi asosida Shimolgaztaminot unitar korxonasi, Tuyamuyun-Nukus mintaqalar-aro suv o’tkazgichidan foydalanish boshqarmasi va boshqada kommunal xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar aholining kommunal to’lamlardan debitor qarzlarini kamaytirish maqsadida mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda amaliy ishlar olib bormoqdalar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 16 iyundagi PK-1353 sonli Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini 2010-2011 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taminlash chora-tadbirlari haqidagi qarori va shu qarorga asosan, Qoraqalpog’iston Respublikasida Vazirlar Kengashining 2010 yil 21 iyundagi 117/6-sonli qarorlari asosida 2010/2011 yillari kuz-qish davriga asosiy muxandislik kommunikasiyalari, texnologiya asbob uskunalari, ijtimoiy soha va uy-joy fondi obektlarini tayyorlab qo’yish va tamirlash bo’yicha reja ishlab chiqilgan va shu rejaga asosan Respublika hududida kuyidagi ishlar amalga oshirilgan.

Ushbu qarorga asosan mukammal tamirlash bo’yicha 9 ta (100,0%) qozonxonalar, 16 ta (100,0%) qozonlar, 2,0 km (100%) issiqlik tarmoqlari, 23,7 km (109%) gaz tarmoqlari va 4,3 km (108,0%) suv tarmoqlari, 102 ta (100,0%) 1991 yilgacha qurilgan turar joylarda tamirlash ishlari to’liq tugatilgan.

Joriy tamirlash bo’yicha ko’p qavatli 234 ta (104%) uy-joy fondini, 25 ta (100,0%) qozonxonalar, 69 ta (100%) qozonlar, 5,9 km (101%) issiqlik tarmoqlari, 13,3 km (120%) gaz tarmoqlari, 2,05 km (100%) suv tarmoqlari, 2 ta (100%) maktablar, 8 ta (100%) bog’chalar, 2 ta (100%) kasalxonalarni, 2212 kv.m (100%) maktablarning singan oyna ko’zlarini almashtirish, 5,6 km (101%) issiqlik trassalarini izolyasiyalash va 5826 dona (100%) GTSh-larni ko’rikdan o’tkazish ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek 13,8 ming tonna ko’mir, shu jumladan aholi uchun 11,0 ming tonna va byudjet korxonalariga 2,8 ming tonna, bundan tashqari 114 tonna suyultirilgan gaz, 2,0 ming tonna suyuk yokilg’i va 0,2 ming tonna texnik tuz jamg’arish rejalashtirilgan.

2011 yilning 1 yanvar holatiga respublika bo’yicha ko’mir 16,8 ming tonna (121,7%), shu jumladan aholiga 14,0 ming tonna (127,3%), byudjet korxonalariga 2,8 ming tonna (100,0%), bundan tashqari 114,1 ming tonna (100,1%) suyultirilgan gaz, 0,2 ming tonna (100,0%) texnik tuz va 1,0 ming tonna (51,0%) suyuq yokilg’i jamg’arilgan. Rejaning bajarilmasligining asosiy sababi, neftni qayta ishlash korxonalaridan suyuq yoqilg’i miqdorlarini o’z vaqtida yuklab yuborishda muammolarning mavjudligi bo’lib qolmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1045-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2009 yil 2 fevralda 6/2 sonli qarori qabul qilinib, Respublika hududidagi aholi punktlarini zamonaviylashtirish, obodonlashtirishni yaxshilash, obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy transportlar bilan taminlash va ishsizlarni ishga joylashtirish maqsadidagi dasturi tasdiqlandi.

Ushbu dastur asosida shahar va tumanlar aholi punktlarini obodonlashtirish bo’yicha muhim quyidagi vazifalar belgilab olindi, jumladan:

– obodonlashtirish obektlarini sanitar talablarga xos toza saqlash; – yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi ishsizligini kamaytirish va ularning samaradorligini oshirish; – obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy texnik bazalarini rivojlantirish; – obodonlashtirish ishlarining sifatiga qarab oylik maosh to’lanishi.

Dasturga muvofiq 2009-2011 yillarda shahar va tumanlarni obodonlashtirishni yaxshilash maqsadida jami 85 ta zamonaviy transportlar bilan taminlash nazarda tutilgan. Shu jumladan, 2010 yilda shahar va tumanlarni jami 31 ta zamonaviy transportlar bilan taminlash belgilangan. Shundan, Samarqand avtozavodidan jami 13 xil texnika: 1 ta suv tashuvchi (vodovoz), 6 ta ahlat tashuvchi, 6 ta ko’p tarmoqli dala tozalash va yuvish mashinasi, Toshkent traktor zavodidan 17 xil prisepli traktor (TTZ-80.1) mashinalarini va boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan 1 ta yuk mashinasi (YuMZ-80) xarid qilinishi belgilangan.

Shahar va tuman obodanlashtirish bolimlari tomonidan maxsus transportlarni xarid qilish boyicha 2011 yilning 1 yanvar holatiga Qoraqalpogiston Respublikasi boyicha 2243,4 mln. somga shartnoma tuzilgan va 31 ta texnika olib kelingan. Mazkur qarorga asosan 47 ta yangi ish orinlari yaratilishi rejalashtirilgan bolib, haqiqatda reja 100,0 foizga bajarilgan.

Tuyamuyun-Nukus Mintaqalar-aro suv otkazgichidan foydalanish boshqarmasi tomonidan 2010 yili 2250 dona suv olchash asboblarini ornatish rejalashtirilgan. Yil yakunida Qoraqalpogiston Respublikasi boyicha jami 2666 dona (118,5%), shundan Tuyamuyun-Nukus boshqarmasi tomonidan 2256 dona va QQqishloqxojalik suvtarmoqlari tresti tomonidan 410 dona suv olchash asboblari ornatilgan.

Qoraqalpog’iston Respublikasida 100,0 foiz tabiiy gaz o’lchash asboblari o’rnatilgan. Yangidan qurilgan turar joylarga 4070 ta tabiiy gaz o’lchash asboblari o’rnatilgan.

«Iqtisodiyot» bo’limning boshina qaytish Oldingi bo’lim: Kapital qurilish Keyingi bo’lim: Qishloq ho’jaligi


Ko'rib chiqildi: 10204