Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Davlat hukumat portali


Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгашининг янги расмий веб-сайтига ўтиш. http://karakalpakstan.uz


Sahifani PDF tarzda yuklab olish Sahifani PDF tarzda yuklab olish (62 Kb)    Versiyasi    Sahifani doc tarzda yuklab olish (62 KB)

Axborot xizmati

AXBOROT XIZMATI

Raxbar

Elmuratov Charjaubay Madenovich

El.pochta:

 sharjau1987@umail.uz

Telefon:

0(361) 222-92-72

Manzil:

203103, Nukus shahri, G'arezsizlik ko'chasi, 50 uy

 

Axborot xizmatining funktsional vazifalari to`g`risida

N I Z O M

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom Vazirlar Kengashining Axborot-tahlil boshqarmasining funktsional vazifalarini belgilaydi.

2. Axborot-tahlil boshqarmasi (keyingi o`rinlarda boshqarma deb ataladi) Vazirlar Kengashining funktsional tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.

3. Boshqarma o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.

4. Boshqarma faoliyati amalga oshirilayotgan islohotlarining axborot-tahlil ta`minotini ta`minlashga, iqtisodiyot idoralari va soha boshqaruv organlarining iqtisodiy, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari strategiyasini ishlab chiqishdagi axborot-tahliliy va istiqbol faoliyatini muvofiqlashtirishga, qisqa muddatli davrda iqtisodiy va ijtimoiy siyosat samaradorligini oshirish bo`yicha takliflar hamda o`rta muddatli va uzoq muddatli davrlarda iqtisodiy islohotlar strategiyasining variantlari bo`yicha tahlillar o`tkazishda faol ishtirok etishga yo`naltirilgan.

 

2-bob. Boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari

 

5. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning barcha yo`nalishlar bo`yicha mikro darajada, shuningdek, sohalar va hududlar bo`yicha shu jumladan shahar va tumanlardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-tahliliy va istiqbol faoliyatini muvofiqlashtirish asosida tizimli va kompleks o`rganishni tashkil etish;

iqtisodiy holat va ijtimoiy vaziyatlarni tahlil qilish, ma`lumotlarning tegishli bazalarini yaratish, iqtisodiyotning sifat jihatidan o`zgarishlarini va uning rivojlanish tendentsiyalarini baholash;

iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, iqtisodiy islohotlarning tarmoqlar va hududlar bo`yicha borishi, xususiylashtirish, tarkibiy va institutsional qayta o`zgartirishlar masalalari bo`yicha tahliliy materiallar tayyorlash;

Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirliklar va boshqarmalari, shahar va tumanlar hokimliklarining iqtisodiy islohotlarning borishini tahlil qilish va iqtisodiyot sohalari sektorlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan eng muhim va ijtimoiy muammolar bo`yicha maqsadli dasturlar va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarorlari, farmoyishlari loyihalarini tayyorlashda yordam ko`rsatish;

boshqarmaga talluqli hududlar va sohalarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tashkil etish;

Vazirlar Mahkamasining «Yig`ma axborot tahlil departamenti» tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqiladigan kompleks dasturlarini tayyorlashda faol ishtirok etish;

sohalar va hududlar bo`yicha ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borishini kompleks tahlil qilish, umumlashtirish va muntazam ravishda Vazirlar Mahkamasiga va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga axborot berish;

Boshqarmaga taaluqli O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlari, davlat dasturlar ijrosi ta`minlanishida bevosita ishtirok etish;

shahar va tumanlar hokimliklarining tegishli xizmatlariga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalariga doir bo`lgan yo`nalishlarda maslahatlar berish, ularga amaliy yordam ko`rsatish;

shahar va tumanlar hokimliklarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash doirasidagi ishlarining ahvolini o`rganish, tahlil qilish, ularni jadallashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

shahar va tumanlar hokimliklari tegishli korxona va tashkilotlardan zaruriy ma`lumotlarni olish, chorak, yarim yilik, tuqqiz oylik va yillik  yig`ilishlari materiallar tayyorlash, yig`ilishlarni tashkil etish va o`tkazish bilan bog`liq barcha tadbir va tahlillarni ishlab chiqish, tahlil qilish va ko`rib chiqish uchun Vazirlar Kengashi Raisiga takliflar kiritish;

hokimlik soati yig`ilishi kun tartibi yig`ilishi o`tkazilishida zarur materiallarni tayyorlash va unda bevosita faol ishtirok etish;

ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida, axborot-tahliliy materiallarini tayyorlash va unda faol ishtorok etadi.

 

3-bob. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi

 

6. Boshqarma quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:

Axborot-tahlil boshqarmasi uchun belgilangan vazifalar doirasida Vazirlar Kengashining kotibiyatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mutasaddi vazirliklar, boshqarma va idoralardan, Markaziy bank Qoraqalpog`iston Respublikasi bosh boshqarmasi va tijorat banklaridan, tegishli korxona va tashkilotlardan, tuman (shahar)lar hokimliklaridan zarur statistika va tahliliy axborotlarni va sotsiologik so`rovlar ma`lumotlarini so`rash va olish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining sohalar va hududlarni rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish va ushbu masalalaridagi axborot-tahliliy ma`lumotlarni muvofiqlashtirish;

boshqarmaga yuklatilgan vazifalar doirasida Vazirlar Kengashi kotibiyatlari, boshqarmalari va bo`limlaridan, vazirliklar, boshqarmalar, korxonalar, tashkilotlar, uyushmalar, hududiy boshqaruv organlaridan, tuman (shahar)lar hokimliklaridan sohalarda va hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning o`z vaqtida sifatli bajarilishi bo`yicha tezkor va statistik axborotlar so`rash;

Vazirlar Kengashining tegishli xizmatlarining, shahar va tumanlar hokimliklarining iqtisodiy islohotlarning ijrosi yuzasidan natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiyot sohalari, sektorlarini hamda hududlarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

qisqa muddatli, o`rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi bo`yicha takliflarni shuningdek, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish borasida takliflar tayyorlash;

Qoraqalpog`iston Respublikasi iqtisodiyoti sohalari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi tendetsiyalarini tavsiflovchi tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasi Yig`ma axborot-tahlil departamenti rahbariyati ko`rib chiqishi uchun tayyorlash va taqdim etish;

muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo`yicha Vazirlar Kengashi qarorlari, farmoyishlari, tarmoq dasturlari va hududiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqish;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ichki ish tartibiga so`zsiz rioya qilish;

boshqarmaga kelgan hujjatlarning belgilangan muddatlarda ijrosini ta`minlash.

 

IV. Boshqarmaning tuzilmasi

7. Boshqarma tarkibiga boshqarma rahbari, bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassisi va ikkki nafar 1-toifali mutaxassisi kiradi.

8. Boshqarma rahbari Vazirlar Kengashining Raisi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, boshqarma mutaxassislari esa Vazirlar Kengashining Raisi qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

 

V. Boshqarma faoliyatini tashkil etish

 

9. Boshqarma faoliyati “Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to`g`risida”gi Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga, tasdiqlanadigan istiqbolli va oylik ish rejalari hamda Vazirlar Mahkamasi Yig`ma axborot-tahlil departamentining choraklik ish rejalari muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

10. Boshqarmada har haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab olinadi.

11. Boshqarmada ish yuritilishi, hujjatlarning aylanuvi boshqarma mutaxassislari tomonidan olib boriladi hamda shu haqida har oyda boshqarma rahbariga ma`lumot berib boriladi.

12. Boshqarma rahbari:

Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish bo`yicha yo`nalishlarni va vazifalarni belgilaydi;

Qoraqalpog`iston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi va ularning monitoringini yuritishni tashkil qiladi;

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yig`ma axborot-tahlil departamenti bilan birgalikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularning izchillik bilan amalga oshirilishida qatnashadi;

Bashqarmaga taalluqli bo`lgan Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish bo`yicha boshqarmaning faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Boshqarmaga kelgan hujjatlarning ijrosini ta`minlaydi. Boshqarma mutaxassislariga tegishli topshiriqlarni beradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. Boshqarmaning ichki tartibi bo`yicha shahar va tumanlarga biriktirilgan mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan shahar va tumanlar hokimliklari, mahalliy boshqaruv organlari ishini tashkillashtirish, ularning ish faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish bo`yicha takliflarni kiritadi;

Mahalliy hokimliklar, hududiy boshqaruv organlar hamda tegishli Qoraqalpog`iston Respublikasidagi tashkilot, korxona, muassasa va idora rahbarlaridan tarmoqlarda va joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning o`z vaqtida sifatli bajarilishini talab qiladi, ularning ijrosi bo`yicha tezkor va statistika axborotini so`rab oladi;

Boshqarmaning axborot-tahliliy faoliyatida olingan natijalarni Vazirlar Mahkamasiga va Vazirlar Kengashi Raisiga etkazadi;

Boshqarma xodimlari o`rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning bajarilishini nazorat qiladi. Boshqarma xodimlari tomonidan mehnat intizomiga rioya etilishini ta`minlaydi;

Vazirlar Kengashi huzurida tuzilgan ishchi komissiya va boshqarmalar ishida faol ishtirok etadi. Ijro intizomini mustahkamlash yo`nalishida sohalardagi ahvolni tanqidiy tahlil qilishda ishtirok etadi;

Boshqarma tomonidan o`z vakolatlari doirasida tayyorlangan jo`natiluvchi xat-xabarlari imzolaydi;

Xalq deputatlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, shahar va tuman Kengashlarining sessiyalarida, quyi mahalliy davlat hokimiyati organlarining yig`ilishlarida, Vazirlar Kengashi komplekslari hamda shahar va tumanlar hokimliklarida o`tkaziladigan majlislarda ishtirok etadi.

13. Boshqarma rahbari vaqtinchalik bo`lmagan taqdirda uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.

14. Boshqarmaning bosh va etakchi mutaxassislari hamda 1-toifali mutaxassislari o`z faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan funktsional vazifalariga muvofiq amalga oshiradi.


Ko'rib chiqildi: 8828